Книга узб испр! gjck!indd


МP 3 Trener auditoriyaga ushbu turdagi birikmalar bo’yicha miya bo’ronini  o’tkazishni taklif qiladi. Demak, ehtimol bo’lgan variantlar


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

МP 3
Trener auditoriyaga ushbu turdagi birikmalar bo’yicha miya bo’ronini 
o’tkazishni taklif qiladi.
Demak, ehtimol bo’lgan variantlar:
- dalil haqidagi ilmiy fikr;
- ekspert dalil haqidagi o’z fikrini aytdi;
- fakt haqidagi mustaqil fikr;
- dalil haqidagi mening fikrim;
- kimdir dalil haqida o’z fikrini aytdi;
- yolg’on dalillar va fikrlar;
- ishonib bo’lmaydigan fikrlar va dalillar.
Ko’rib turganimizdek, ushbu birikmalarning o’ziga xos “markazi” bo’lib doimo 
dalil tushunchasi bo’lib qoladi. Fikr tushunchasi doimo o’z vektorlarini 
almashtirib turadi. Birikmalarimizni vizual tarzda ifodalasak, quyidagi 
tasvirlarga ega bo’lamiz:
Birinchi tasvir – u yoki bu dalil haqidagi fikrlar, turli bolishlaridan qat’iy nazar, 
shuningdek, teskari, zid va turli vektorli bo’lishlari mumkinligini ifodalovchi 
variant.
Ikkinchi tasvir – u yoki bu dalil haqidagi fikrlar turli bo’lib, lekin ular dalil va 
uning elementlarini turli tarafdan ko’rsata olishlarini ifodalovchi variant.
Bu mashqa bizga qaysi xususiyatlardan dalolat beradi?
Fikr – bu ishonchi, isbotlangan va tekshirilgan ma’lumot. Dalil – barqaror 
tushuncha.


52
Fikr – bu u yoki bu hodisaning, holatning, vaziyatning, dalilning baholanishi. 
Bitta hodisa, vaziyat yoki dalil bilan bog’liq fikrlar turli bo’lishi mumkin. fikr 
o’zgarishi mumkin.
Lekin bular hali dalillar va fikrlarning biz kabi oddiy foyadalunvchilar uchun 
barcha qiziqarli, eng asosiysi, muhim bo’lgan xususiyatlari va jihatlari emas. 
Keling, tadqiqotimizdagi navbatdagi navbatdagi qadamni amalga oshiramiz.
Ishlash va muloqot qilish jarayonida biz bir necha marotaba dalil bilan 
birgalikda ishonchli, tekshirilgan dalil, dalilning isbotlanishi kabi so’zlarni 
qo’lladik. Ushbu hamroh bo’lgan so’zlarning barchasi dalil – bu tekshirilgan 
ma’lumot ekanligidan darak beradi (bu yuqoria mashqlar bilan isbotlangan 
edi). Savol: agarda biz avval tekshirilgan dalilga ega bo’lsak, biz uning 
yordamida boshqa dalilni tekshira/ qayta tekshira olamizmi?
Masalan, odatdagi velosipedning ikkita g’ildiragi bor. Bu fakt. Lekin biz 
bundan shubhalandik. Buni qanday tekshira olamiz? Oddiy usul bilan – 
g’ildiraklarni sanash orqali. Ya’ni sanash tizimini aksioma bo’lib hisoblangan 
dalil sifatida foydalanish. Yoki turli hil velosipedlarning 5-10 ta fotosuratini 
olib, ularni taqqoshlash. Biz turli fotosuratlardagi velosipedlarning ikkitadan 
g’ildiraklari borligini ko’ramiz. Fotosurat – bu biz birinchi faktni tekshirish 
uchun foydalangan boshqa dalil.
Lekin, biz boshqa dalilni uning vositasida tekshiradigan ushbu dalilning o’z 
nomi mavjud – argument. Shuning uchun, bunday aytish to’g’riroq bo’ladi: 
biz tekshirish uchun qo’llangan fotosuratlar va hisob – bu argumentlar.
Fikrnichi, uni tekhirish mumkinmi? Fikrning argumentlari bo’ladimi?
Misol uchun, mashg’ulotning boshlanishida intrevyuda bunday fikr aytilgan 
edi: «milliy taomlarni juda yaxshi tayyorlaydi». Biz bu fikrni tekshira olamizmi?
МP 4 
Trener auditoriyaga miya bo’ronini o’tkazishni taklif qiladi: biz ushbu 
fikrni qanday tekshirishimiz mumkin? ushbu fikrga argument bo’lib 
nima xizmat qilihi mumkin? (ishtirokchilarning javoblari flipchartda 
qayd etiladi).

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling