Книга узб испр! gjck!indd


Ehtimol bo’lgan javob variantlari


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

Ehtimol bo’lgan javob variantlari:
- yaxshi tayyorlaydi, chunki barcha qoidalarga va retseptlarga amal 
qiladi;
- chunki hammaga yoqadi;
- chunki hamma taomlari juda shirin;


53
- kattalarning maqtovlari bor;
- taomlarni professional tayyorlashga munosabati bo’lganlar ijobiy 
fikr bildirmoqda;
- tanlovda g’olib chiqdi;

retseptlar bilan o’rtoqlasha oladigan, Instagramda ko’p obunachilari 
bor va hokazo.
Auditoriyaning takliflariga xulosa qilarkan, trener quyidagiga e’tiborni jalb 
qiladi: barcha takliflarni ham argument deb atash mumkinmi? Shubhasiz, 
mumkin. Axir biz retseptlarni va tayyorlash qoidalarini ko’rsatib, ularni 
inson qanday tayyorlashi bilan taqqoslashimiz, tanlovdan faxriy yorlig’ini 
ko’rsatishimiz yoki ijtimoiy tarmoqdagi obunachilar miqdorini ko’rsatishimiz, 
hattoki boshqa insonlarning fikrlarini yozib olishimiz mumkin.
Ya’ni bizning fikrimiz yetarli darajada asoslangan. Lekin asosiy savol 
quyidagicha: barcha ushbu argumentlar asosida bizning fikrimiz to’g’riligini 
ta’kidlash mumkinmi? Bir tarafdan, mumkin. Ammo, boshqa tarafdan 
– yo’q. Chunki argumentlarning bir qismi ham fikr bo’lib hisoblanadi. 
Argumentlarning boshqa qismi haqida aytish mumkinki, ular aksiomatik 
dalil bo’lib hisoblanmaydi. Axir, misol uchun tanlovdan berilgan faxriy yo’rliq 
faqat bitta tanlovdan bo’lishi mumkin. Tanlovlar ko’p bo’lganda esa, bu, inson 
ularning hammasini turli tanlovlardan olganligini anglatmaydi.
Shu sababli, quyidagicha aytish mumkin:
- fikr asoslangan bo’lishi mumkin;
- firkin tekshirib bo’lmaydi.
МM
Mavzuni biriktirish uchun ishni kichik guruhlarda davom ettiramiz. 
Topshiriqni bajarish vaqti – 7 daqiqa. Ishtirokchilar 3-5 kishilik guruhlarga 
birlashadi. Guruhlarning har biriga quyidagi topshiriqlar beriladi:
- tezislar ro’yxatidan, ularning qaysilari dalil, qaysilari esa fikrlar 
ekanligini aniqlash;
- dalillarning biriga (guruhning tanlovi bo’yicha), u qayta tekshirilishi 
va tasdiqlanishi mumkin bo’lgan argumentlarni tanlash;
- fikrlarning biriga (guruhning tanlovi bo’yicha), ushbu fikr asoslanishi 
mumkin bo’lgan argumentlarni tanlash.


54

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling