Kodeks va qonunlarda haqorat va tuhmat holatlari tasnifi Mundarija: Kirish Asosiy qism


Me’yoriy-huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari


Download 67.86 Kb.
bet4/12
Sana15.03.2023
Hajmi67.86 Kb.
#1270065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kodeks va qonunlarda haqorat va tuhmat holatlari tasnifi

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari.
Me’yoriy-huquqiy hujjat deb me’yoriy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlarning turlariga quyidagilar kiradi:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

  2. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;

3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

  4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi so‘zsiz tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Download 67.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling