Kodeks va qonunlarda haqorat va tuhmat holatlari tasnifi Mundarija: Kirish Asosiy qism
Tuhmat va haqorat qilganlik uchun kodeks va qonunlar javobgarligi
Download 67.86 Kb.
|
Kodeks va qonunlarda haqorat va tuhmat holatlari tasnifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumot uchun
- ma’lumot tarqatish
1.2 Tuhmat va haqorat qilganlik uchun kodeks va qonunlar javobgarligi
Avvalo, telekommunikatsiya yoki Internet tarmoqlarida tuhmat yoki haqorat qiluvchi materiallar joylashtirilganligi uchun ham JKning 139-moddasi 2-qismi va 140-moddasi 2-qismi boʻyicha javobgarlik belgilanadi. Bunday jinoyatlarning alohida tarkibi uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralariga ham oʻzgartirishlar kiritildi: a) JKning 139-moddasi 2 va 3-qismlari, shuningdek JKning 140-moddasi 3-qismi sanksiyasidan ozodlikdan mahrum qilish koʻrinishidagi jazo chorasi chiqarib tashlandi. Ya’ni endi tuhmat va haqorat qilish holatlarida ushbu jazo umuman qoʻllanilmaydi; b) JKning 139-moddasi 3-qismi sanksiyasiga ozodlikni cheklash (1 yildan 3 yilgacha, tahr. izohi) jazosining muqobili sifatida 300 BHMdan 500 BHMgacha jarima hamda 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari belgilangan jazo chorasi ham kiritildi. Eslatib oʻtamiz, bunda quyidagi holatlar haqida soʻz yuritilmoqda: ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish; tuhmat ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda; хavfli retsidivist tomonidan tuhmat qilish; tuhmat gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa. Ma’lumot uchun: tuhmat qilish – bila turib boshqa shaхsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish; haqorat qilish – shaхsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash. Zamon rivojlangani sari kishilar o‘rtasida muloqot vositalarining turlari ham ortib bormoqda. Internet atalmish jahon axborot tarmog‘ida suzib yurgan son-sanoqsiz ma’lumotlarning biri to‘g‘ri, biri qing‘ir maqsadni ko‘zlagan bo‘lsa, yana biri kimnidir sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga, badnom qilishga “xizmat qiladi”. So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali bir shaxsga nisbatan boshqa shaxs yoki guruhlar tomonidan tuhmat qilish holatlari tez-tez uchrab turibdi. Xo‘sh, tuhmat o‘zi nima, unga qonunlarimizda qanday jazo belgilangan? Ushbu maqolada bular haqida qisqacha to‘xtalamiz. Bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, sha’ni, qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi yolg‘on ma’lumotlar berish tuhmat hisoblanadi. Tuhmat deya atash uchun quyidagi uch belgi bo‘lishi lozim: • tuhmat qilayotgan shaxs o‘zining tarqatayotgan ma’lumoti yolg‘on ekanligini oldindan biladi; • ma’lumot boshqa jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan qaratilgan bo‘ladi; • tarqatilayotgan bu ma’lumotlarda shaxsni yoki tashkilotni sharmanda qilish ehtimoli mavjud bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudning plenum qaroriga ko‘ra, tuhmat deganda yuridik yoki jismoniy shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini pastga uruvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida, xizmat ta’rifnomalarida, ko‘pchilik oldida so‘zlaganda, mansabdor shaxslar nomiga yozilgan arizalarda yoki boshqa, shu jumladan og‘zaki bo‘lsa ham bir necha shaxsga yoxud bir kishiga xabar qilish tushuniladi. Bunday ma’lumotlarni shaxsning o‘ziga aytish – ma’lumot tarqatish deya hisoblanmaydi. Badnom etuvchi deya, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini oyoqosti qiluvchi, obro‘ni to‘kuvchi ma’lumotlar deya belgilangan. Ishdagi kamchiliklarni, jamoat va ish joylaridagi, turmushdagi fe’l-atvorini tanqid qiluvchi, haqiqatga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlarga shaxsni badnom qiluvchi ma’lumotlar deb hisoblanmaydi. Tarqatilayotgan ma’lumot rost bo‘lsa, bu tuhmat hisoblanmaydi. Amaldagi qonun hujjatlarida tuhmat qilgan shaxsga nisbatan uning og‘irlik darajasiga qarab ikki xil – ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasiga ko‘ra, tuhmat qilganlik, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima belgilanishi mumkin. Tuhmatga oid ishlar bo‘yicha surishtiruv huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tuhmat qilgan shaxsga nisbatan jazo esa tegishli ma’muriy sudning qaroriga muvofiq qo‘llaniladi. Ma’muriy sudning qaroriga asosan tuhmat qilganlikda ifodalanuvchi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan shaxs bir yil ichida ushbu harakatni takror sodir etsa, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin. Jinoyat kodeksining 139-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, tuhmat u uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilsa, jinoiy qilmish deya baholanadi. Buning uchun eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan bog‘liq jazo qo‘llanilishi mumkin. Agar tuhmat qilish nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bu qilmishni va uning uchun javobgarlikni yanada og‘irlashtiradi. Bunday holatda bir yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan qo‘llanilishi mumkin. Bordiyu, shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab yoki og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda yoxud xavfli retsidivist tomonidan yoki g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilinsa, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Agar shaxs tuhmatda ayblanayotgan bo‘lsa, buni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan aybi isbotlanishi lozim va bunga sud baho beradi. Bajarilgan xatti-harakatning tuhmat ekanligini isbotlash esa ma’lum vaqt talab qiladi. Haqorat qilganlik – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 4 460 000 so‘mdan 8 920 000 so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan. Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi. Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga: 44 mln 600 ming so‘mgacha miqdorda jarima; 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari; 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin. Haqorat qilishni nashr qilish, boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoki OAV orqali amalga oshirilsa ushbu harakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyat hisoblanadi va aybdor: 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha jarima; 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari; 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin. Agarda haqorat qilish: • jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda; • xavfli residivist tomonidan; • tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa: 89 mln 200 ming so‘mdan 133 mln 800 ming so‘mgacha miqdorda jarima; 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 1 yilgacha ozodlikni cheklash; 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Download 67.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling