Koinot quyosh sistemasi


Download 62.06 Kb.
bet16/24
Sana21.03.2023
Hajmi62.06 Kb.
#1285437
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Olam va Odam

Gapiruvchi parrandalar
Ushbu tўtiqush patlarining rang-barangligi va birovga taqlid qilish xususiyatlari haqida matallar tўqilgan. Ushbu qushlar olmaxonlar, mushuklar kabi uy jonivorlariga aylangan. Tўtiqushlar Janubiy Afrika va Shimoliy Ўrtayer dengizidan tashqari, dunyoning boshqa barcha tropik va subtropik hududlarida yashashadi.
Ara
Amerika arasi eng ulkan tumshuqqa ega tўtiqushdir. Ushbu tўtiqushlar kuchli va qattiq tumshuqlari bilan sevimli shirinliklari bўlmish yonoq va meva danaklarini yora oladilar. Shuningdek, aralar tuproq ham yeydi. Tўtiqush uni chўqib daryoning tik qoyalari tomon uchib ketadi. zoologlarning fikricha, daryo loyi mineral moddalarga boyligi bilan qushlarga ўziga xos dori sifatida xizmat qiladi. Ba’zi urular tarkibida zaharli moddalar bўlib, ular oshqozonda oriq paydo qiladi. Loy esa ularning ta’sirini kamaytirib, zaharlanishni oldini oladi.
Kivi
Avstrakiya, Yangi Zelandiya yaqinida alomat qush – kivi yashaydi. Uning qanotlari shunchalar kichkinaki, paxmoq patlari orasida kўrinmaydi. Shu bois, odamlar uni qanotsiz qush ham deb ataydilar. Kivilarning kўrish qobiliuyati past bўlib, qushcha ўljani topish uchun sezish va hid bilish sezgilariga tayanadi. Bir vaqtlar ushbu qush turi yўqolib ketish arafasida turga edi, ammo oxirgi yillar ularning soni sekin-asta kўpaymoqda.
Eng mitti qush
Amerika qit’asi ўrmonlarida yashovchi jajji kolibri qushlari ўzining tez va chaqqon uchishi bilan mashxurdir. Ba’zida ularning parvozini kapalaknikiga ўxshatishadi. Kolibrining mitti turlari bir minutda 80 martagacha qanotlarini qoqishi mumkin. Bunday paytda xuddi asalarining qўnillashiga ўxshash ovoz chiqadi. Kolibrilar yozda havoda hasharotlarni tutib ava gullar nektarini shimib kun kechirishi mumkin.
Ўrmon tuyaqushi
Ushbu ajoyib qushning patlari qora rangda bўlib, boshi va bўyni qizil va kўk ranglar bilan qoplangan. Kazuarning boshida dubulani eslatuvchi shoxli toji bor. Ushbu ajoyib va yirik qushning (oirligi 90 kg gacha keladi) qanoti ўtkir va uzun. Kazuarlar Avstraliya va Yangi Gvineyaning tropik ўrmonlarida yashaydi. Ўrmon tuyaqushlarining ovqatlari tarkibiga ekzotik daraxtlarning mevalari kirsa-da, ular mayda jonivorlar bilan shirinxўrlik qilishdan voz kechmaydi.
Kayra
Kayralar tўda-tўda bўlib shimoldagi dengiz va okean qiroqlarida yashaydi. Ushbu qushlar uya qurmay, tuxumlarini tўri qoyalarning ўyiq va ўydim-chuqur joylariga hech ikkilanmay qўyib ketaverishadi. Tuxumlari nok shaklida bўlganligi bois, pastga dumalab ketmaydi. Tuxumdan chiqqan polaponlar ikki – uch hafta uyada yashab, sўng ota-onalarining yordami bilan 40 – 50 metr tepalikdan ўzlarini dengizga otishadi. Pardali panjalari va kichkina qanotlarini tўrilab, qўnish maqsadida sekin-asta pastlab ushadi.

Download 62.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling