Koinot quyosh sistemasi


Download 62.06 Kb.
bet23/24
Sana21.03.2023
Hajmi62.06 Kb.
#1285437
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Olam va Odam

Odamga ўxshash ildiz
Sharq tabobati qadimda jenshenni barcha kasalliklarga davo deb hisoblashgan. Jenshenning ildizi odam shakliga ўxshaydi. Shu bois, xitoy tilida u odam giyoh degan ma’noni anglatadi. Ўsimlik kimsasiz Uzoq Sharq taygasida, Xitoy va Koreyada ўsganligi, faqat bahor hamda kuzda bўy kўrsatgani uchun uni topish juda qiyin.
Sayohatchi urular
Kўpgina urular hayvonlar juniga yopishibsayohat qilishadi. Qushqўnmasning urularida bu uchun maxsus ilgaklar bor. Ba’zi urular havoda sayohat qilishadi. Zarang urularida vertolyotlardagi kabi parraklar, qoqiўt urularida esa kichik parashyutchalar bor.
Uyqu ўti
Uyqu ўti juda erta, qorlar erishi bilan gullaydi. Balki shu bois, binafsharang gullarning ustki qismi momiq tukchalar bilan qoplangandir. Bu tukchalar ayozli havoda ularni himoya qiladi. Shuningdek, uning bahorgi birinchi barglari ham tukchalar bilan qoplangan. Yozda paydo bўlgan yangi barglarida bunday tuklarni kўrmaysiz.
Bahor ramzi
Nargisning yoqimli hidi va nafis, nozik gullari uni barchaning sevimli guliga aylantirgan. U bahorning chinakam ramzi hisoblanadi. Nargis juda qadimgi manzarali ўsimlikdir. Uni eramizgacha ham bolarda ўstirishgan. Ўsimlik ўz nomini afsonaviy hurliqo ўsmir yigit Narsiss sharafiga olgan. Afsonalarda aytilishicha, Narsiss ўz takabburligi bilan xudolar tomonidan ayovsiz jazolangan. Kўldagi ўz aksini kўrgan yigit unga oshiq bўlib qolib, javobsiz muhabbatdan vafot etgan.
Yalqiz
Yalpiz ariq, kўlmak, zovur bўylarida yoki dalalarda ўsadi. Uni tanish qiyin emas. Yalpizni olib barglarini qўlingizga tegizsangiz kifoya, yoqimli hidi tezda bu qanday ўsimlik ekanligini bildiradi. Bu ўziga xos hidni asosini mentol tashkil etuvchi efir moyi beradi. Uni dori, konfet, tort tayorlashda ishlatish mumkin.
Quyosh guli
Juda kўp mamlakatlarda bu gulning nomi quyosh bilan boliq. Chunki u quyoshga juda ўxshab ketadi. Kungaboqarning vatani – Shimoliy Amerikadir. Bizda asosan mazali yo olinuvchi bir yillik kungaboqar ekiladi. Ammo ayrim dala yoki tomorqalarda uning tuishganakasi – ildizmevali kungaboqarni uchratish mumkin. Uni, shuningdek, yer noki deb ham atashadi.

Download 62.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling