Koinot quyosh sistemasi


Download 62.06 Kb.
bet22/24
Sana21.03.2023
Hajmi62.06 Kb.
#1285437
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Olam va Odam

Bargli yirtqichlar
Yerda 500 ga yaqin yirtqich ўsimliklar mavjud. Ular odamlarga xavf tudirmaydi, biroq chivin, kapalak va pashshalar uchun ўlimdir. Botqoqliklarda qizish rosyanka uchraydi. Agar pashsha va chivin ўsimlikka qўngudek bўlsa, shu zahoti rosyankaning yopishqoq sharbatiga botib, uning asiriga aylanadi. Rosyanka ўtkir sharbati bilan hasharotlarni eritib, sўngra uni sўradi.
Pishuxa
Ba’zi to jonivorlari qishning sovuq kunlarini uxlab ўtkazishadi. Ammo bu quyonlarning kichik qarindoshlari bўlmish pishuxalarga tegishli emas. Yilning ayzoli kunlarida kun kechirishda unga oldin amlab qўygan pichan aramlari yordam beradi. Yoz va kuzda bu jonivorlar ўt yulishadi, ularni quritishadi va pana joyga tўplashadi.
Fil emas xartumli
Suv kalamushi atigi 20 sm ga teng bўlgan kichik jonivordir. Suv kalamushi asosan suvda yashaydi, biroq uyasini qiroqlarga quradi. Shuningdek, uyaga kirish yўli doimo suv ostida bўladi. Suv kalamushining bir nechta uyalari bўlib, u yerda ovqat zaxiralarini saqlaydi. Suv kalamushi harakatlanuvchi chўziq burni – xartumi bilan ovqat izlaydi. Jonivor xartumi bilan bakiqchalarni tutib, hasharot va ularning lichenkalarini topadi.
Muhandis – qunduzlar
Qunduzlarni ba’zida hayvonlar olamining muhandisi hisoblashadi. Ular juda mukammal va murakkab qurilishlar qilishadi. Qunduzlarning asboblari ўtkir va pishiq tishlari hisoblanadi. Ular uylar, kulbalar, kanallar va platinalar quradi. Qunduzlar uyalarni qiroqning mustahkam joyiga quradi va albatta, ularga kirish yўli suv ostida, ichkarida esa katta yotoqxona joylashgan bўladi. Jonivorlar kulbalarini barg va shoxlardan yasashadi. Ularga kiraerishda qunduzlar mўynalarini ehtiyotkorlik bilan qisib qurituvchi quritgichlari bor. Kanallar qunduzlar uchun ishga va oshxonaga olib boruvchi yўldir. Eng ajoyibi, platinalardir. Qunduzlar ularni kўpchilik bўlib qurishadi. Daraxt tanasi, tosh yoki balchiqni yiib orol yasashadi. Sўng qiroqqa yaqin joyga yooch, xoda, loy va balchiq surkalgan barglardan platina qurishadi.
Kokos palmalar
Kokos palmalar tropik dengizlar qiroqlarida ўsadi. Ular taxminan 100 yil yashaydi. Palmalar juda kўp meva soladi. Bu mevalar pishgach suvga tushishadi va tўlqinlar ularni dengizga olib ketadi. Kokoslar tўlqinlar bilan uzoq yўl bosib ўtishlari mumkin. Biron qiroqqa yetgach, ўsha yerdan unib chiqishadi. Ba’zan minglab kilometr narida ham kokos palmalar ўsib chiqishi mumkin.

Download 62.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling