Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

organizmlardagi aylanishi deyiladi.
Lekin, tirik organizmlar va tuproq bo‘ylab azotning aylanishini susaytiradigan va oxir 
oqibatda bu siklning harakatdan to‘xtab qolishiga sabab bo‘la oladigan ikkita aks omil mavjud. 
Birinchisi – yerga solingan go‘ng, yoki, o‘lgan hayvon tanasi chirish jarayonida undagi 
azotning katta qismi tuproqqa singishga ulgurmay, shunchaki, ikki atomli molekula 
ko‘rinishida havoga tarqab ketadi; havodagi azotni esa o‘simlik ham, jonivorlar ham o‘z-
o‘zidan yana qayta qabul qila olmaydi. Ikkinchi omil esa – tuproqning yomg‘ir suvlari bilan 
yuvilib turishi natijasida nitratlarning ham yuvilib ketishi hamda, oxir-oqibatda, daryo, dengiz 
va okeanlarga ketib qolishi jarayonidir. Agar tuproqdagi azotning bu tarzda yo‘qotilish o‘rni 
muttasil qoplanmas ekan, Yerda hayot allaqachon to‘xtagan bo‘lar edi. Lekin, azotli birikmalar 
o‘rinma-o‘rin tuproqqa qorishishda davom etmoqda va hayotni ta’minlab turuvchi eng muhim 
sikllardan biri – azot aylanish sikli o‘z maromida xatosiz ishlayapti. Tuproqdan 
yo‘qotilayotgan azotli birikmalarning o‘rnini to‘ldirishning yagona yo‘li – havodagi azotni 
o‘zlashtirishdir. Lekin qanday qilib? Biz o‘simlik va hayvonlar havodagi azotni o‘zlashtira 
olmasligini ta’kidlagan edikku? Unda azotli birikmalarni havodan tuproqning o‘zi 
o‘zlashtiradimi?
Yo‘q albatta. Tuproq o‘zi havodagi azotni ajratib ola olmaydi. Bunda unga havoda 
chaqnaydigan chaqmoq yordam beradi. Har safar havoda chaqmoq chaqqanida u hosil qilgan 
chaqnash chizig‘i bo‘ylab favqulodda yuqori harorat yuzaga keladi va bu harorat ta’sirida o‘sha 
yaqin atrofdagi azot molekulalari kislorod bilan birikishga majbur bo‘ladi. Chaqmoq chaqish 
energiyasi azotni shunga majbur qiladi. Hosil bo‘lgan azot-kislorod birikmasi yomg‘irlar 
tarkibida eriydi va yomg‘ir bilan birgalikda azot kislotasi ko‘rinishida yerga tushadi. Azot 
kislotasi molekulasi bir atom azot, bir atom vodorod va uch atom kisloroddan iborat bo‘ladi 
(HNO
3
). Aynan shu azot kislotasi tuproqqa tushgach, nitratga aylanadi. 
Azot kislotasi o‘ta xavfli kislotalar sirasiga kiradi va u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muomala 
qilinsa, u teri va ko‘z uchun o‘ta yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U o‘tkir kimyoviy kuyishga 
sabab bo‘ladi. Lekin, yog‘ayotgan yomg‘ir tarkibidagi azot kislotasi miqdori shu darajada oz 
bo‘ladiki, u deyarli ta’sir qilmaydigan bo‘ladi. Har kuni Yerning turli nuqtalarida u yoki bu 
darajada yomg‘irlar yog‘ib o‘tadi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, chaqmoqdan keyingi 
yomg‘irlar bilan har kuni yerga 250 000 tonna atrofida azot kislotasi kelib tushadi.
Bir qarashda bu juda katta raqamdek ko‘rinadi. Lekin, ushbu miqdorning Yer sirti 
bo‘ylab taqsimlanishiga e’tibor qaratsak, aslida bu unchalik ham katta son emasligi 
oydinlashadi. Bu miqdor azot va azotli birikmalarning tabiatdagi aylanish siklini kerakli 
tezlikda ta’minlab turish uchun yetarli emas. Unda qanday qilib, tuproq unumdorligiga mos 
azot aylanish sikli saqlanib kelmoqda? 


33 
Bu savolning javobi tuproqda yashaydigan muayyan turdagi bakteriyalar bilan bog‘liq. 
Tuproqning eng yuqorigi, sirt qatlamlarida, havodagi azotni biriktira olish qobiliyatiga ega 
bakteriyalar mavjud. Aynan ushbu bakteriyalargina tabiatda havodagi erkin azotni o‘ziga 
bog‘lash xossasiga egadir. Ular azot atomlarning boshqa element atomlari bilan bog‘lanishiga 
xizmat qiladi va shu orqali tuproqni azotli birikmalar bilan to‘yintiradi. Ular hosil qilgan azotli 
birikmalarni esa o‘simliklar o‘zlashtiradi. Bunday bakteriyalar asosan, beda, no‘xat, loviya, 
yeryong‘oq singari muayyan turdagi o‘simliklar, ya’ni, dukkaklilar ildiziga yopishgan holda, 
uncha katta bo‘lmagan to‘p-to‘da ko‘rinishida yashaydi. Aniqlanishicha, 4000 m
2
maydonga 
ega yerda yiliga 18 kg azot bog‘lanar ekan. 
Qadimgi Rim zamonasidayoq odamlar avvaliga ushbu o‘simliklar ekib, hosil yig‘ib 
olingan yerlarga keyingi yil boshqa ekinlar ekilsa, hosildorlik sezilarli miqdorda keskin 
ortishini yaxshi bilishgan.
Haqiqatan ham, tabiatda ushbu azot bog‘lovchi mittigina bakteriyalarning ahamiyati 
beqiyos ulkan.
Yuqorida aytilganidek, azot boshqa elementlar bilan unchalik ham yaxshi reaksiyaga 
kirishmaydi. Mabodo, azot biror element bilan birikma hosil qilsa ham, ushbu birikma juda 
beqaror tuzilishga ega bo‘ladi va u imkon qadar tez parchalanishga intiladi. Ammiakli selitra 
shunday birikmalarga bir yorqin misoldir. Uning molekulasida ikkita azot atomi, to‘rtta 
vodorod va uchta kislorod atomlari mavjud. Oddiy sharoitlarda, ammiakli selitra – oddiy tuzga 
o‘xshash, juda beozor modda bo‘lib ko‘rinadi.
Biroq, arzimagan issiqlik berib, ammiakli selitrani qizdirilsa, u tezkor parchalanishga 
uchrab, kattagina energiya ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Energiya ajralib chiqishi shu qadar 
jadal boradiki, arzimagan qisqa muddat ichida butun hajmni egallagan barcha selitra tezkor 
shiddat bilan parchalanib, kattagina portlashni keltirib chiqaradi. Ya’ni, ammiakli selitra 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling