Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

portlovchi modda sanaladi. Vodorod va ammiakli selitraning portlashga sabab bo‘luvchi 
sharoitlariga e’tibor qarating: vodorod faqat kislorod bilan muayyan nisbatga yetganda 
portlaydi; agar vodorodni kisloroddan uzoqroq tutilsa, vodorod xavfsiz bo‘lib, o‘z-o‘zidan 
portlamaydi. Ammiakli selitraga esa bunday nisbatni kutishning ham keragi yo‘q. U o‘z-
o‘zidan ham portlashi mumkin.
Masalan, 1947-yilda Texasdagi Texas-siti bandargohida ammiakli selitra ortilgan kema 
portlagan. Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, Texas-siti shaharchasi xuddi 
bombardimonchi samolyotlar tomonidan bombardimon qilingandek vayron bo‘lgan edi 
o‘shanda.
Portlovchi moddalarning yana boshqa turlaridan misol tariqasida nitrosellyuloza
nitroglitserin, hamda, trinitrotoluol moddalarini keltirish mumkin. Diqqat qilgan bo‘lsangiz, 
ushbu moddalarning hammasining nomida «nitro-» qismi mavjud. Bu shundan dalolat 
beradiki, ushbu moddalarning molekulasi tarkibida albatta azot atomi mavjud bo‘ladi. Siz 
trinitrotoluolning boshqa nomini ko‘proq va tez-tez eshitgan bo‘lsangiz ajab emas. OAVda 
«trotil» nomi bilan tilga olinadigan portlovchi modda aslida aynan shu trinitrotoluol bo‘ladi.


34 
Tinchlik paytida portlovchi moddalar tog‘-kon ishlarida, hamda, qor ko‘chkilari yoki 
sel xavfini oldini olishga mo‘ljallangan qutqaruv ishlari paytida qo‘llaniladi. Portlovchi 
moddalar ishlab chiqarishda azot manbai vazifasini o‘tovchi nitratlar muhim hom-ashyo 
sifatida katta o‘rin tutadi. Birinchi jahon urushigacha bo‘lgan yillarda nitratlarning asosiy 
manbai Chili davlati shimolidagi dasht hududi bo‘lgan. U yerdan butun dunyoga Chili selitrasi 
nomi bilan mashhur bo‘lgan tabiiy selitra tashib ketilar edi. Bu cho‘llarda nitratlar 
ko‘rinishidagi katta miqdorda tabiiy selitra to‘planib qolishiga sabab, millionlab yillar avval 
tarkibida azot kislotasiga boy ko‘llarning asta-sekin qurib bitishi natijasidan yuzaga kelgan 
ulkan selitra g‘arami mahsulidir. Keyingi yuz minglab yillar davomida esa ushbu cho‘llarda 
selitrani yuvib ketishga qodir darajadagi yomg‘ir yog‘magan. Natijada, bu joylarda tabiiy 
selitra ko‘p va mo‘l miqdorda saqlanib kelgan.
Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan, Britaniya imperiyasi Germaniyaga olib 
boradigan barcha dengiz yo‘llarini to‘sib tashlaydi. Natijada, nemislar Chilidan kelayotgan 
selitra ortilgan kemalardan mahrum bo‘lishadi. Urush harakatlari kengayishi bilan, Germaniya 
portlovchi moddalar va mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmay qiyin holatga 
tushib borar edi. Bu esa nemis harbiy qo‘mondonligi va umuman Germaniya hukumatini 
murakkab vazifa oldida qoldirdi: havoda yetarlicha azot mavjud bo‘lib, lekin uni bog‘lash va 
undan sintetik selitra hosil qilish imkoniyatini o‘ylab topish kerak bo‘lgan. Bu esa, o‘sha paytda 
hali hech kim uddalay olmagan mushkul vazifa edi.
Vazifaning yechimini yarim yahudiy va yarim nemis bo‘lgan kimyogar olim Frits 
Gaber topdi. U azot va vodorodni o‘zaro biriktirish va bur orqali sintetik ammiak olish usulini 
ixtiro qildi. Buning uchun azot va vodorodni muayyan metallar ishtirokida, yuqori bosim ostida 
katta haroratlargacha qizdirish kerak bo‘lar ekan. Agar kerakli sharoit barqaror ushlab turilsa, 
azot va vodorod atomlari birikib, tarkibida bitta azot atomiga bog‘langan uchta vodorod 
atomlaridan iborat sintetik ammiak hosil bo‘ladi.
Ammiak olish bilan esa muammo osongina hal bo‘lgan. Chunki, ammiakdan nitratlarni 
hosil qilish unchalik ham qiyin texnologiya talab etmaydi. Nitratlardan esa, portlovchi 
moddalar ham, mineral o‘g‘itlar ham tayyorlash qiyin emas. Shu orqali, birinchi jahon urushida 
Germaniya mushkul vaziyatdan chiqib ketgan edi. Natijada, nemislar yana ikki yil urushni 
davom ettirishdi va ittifoqchi mamlakatlarning keskin sayi-harakatlari evazigagina urushda 
mag‘lubiyatga uchradi. Agar Gaberning ixtirosi bo‘lmaganda, nemislar 1916-yildayoq, ya’ni, 
ikki yil ertaroq kapitulyatsiya qilishlari mumkin edi.
Gaber ixtiro qilgan ushbu sun’iy sintetik ammiak olish usulini Gaber jarayoni deyiladi. 
Gaber jarayonini faqat urush uchun portlovchi moddalar ishlab chiqarish maqsadida emas, 
balki, tinch maqsadlarda, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun qo‘llash kerak. Sintetik 
ammiak asosida ishlab chiqariladigan ammiakli selitra va karbamid mineral o‘g‘itlari 
dunyodagi oziq-ovqat xavfsizligi uchun ham g‘oyat muhimdir. Bugungi kundagi 7 milliarddan 
ziyod insoniyatning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini mazkur usul asosida ishlab chiqariladigan 
mineral o‘g‘itlarsiz qondirishning iloji yo‘q. Tabiiy bioo‘g‘itlar bilan bu ishni uddalay olmagan 
bo‘lar edi.


35 
Aytgancha, Germaniyani deyarli sharmandali kapitulyatsiyadan qutqargan va uning 
oziq-ovqat xavfsizligiga ham beqiyos xizmat ko‘rsatgan kimyogar olim Frits Gaberga 
Germaniya unchalik ham munosib rahmat aytmagan. Aksincha, 1933-yilda hukumat tepasiga 
millatchi fashistlar to‘dasi kelgach, Gaberning yarmi yahudiy ekanini ro‘kach qilib, uni qattiq 
ta’qib va tazyiqqa olishgan edi. Natijada, Gaber mamlakatni tashlab qochishga majbur bo‘lgan.
Ammiakning ko‘pchilik yaxshi tanisa kerak. Dorixonalarda sotiladigan va 
ko‘pchilikning uyidagi dori qutisida albatta topiladigan nashatir spirti – ammiakning suvdagi 
eritmasidir. Odatiy, me’yoriy sharoitlarda ammiak havodan yengil bo‘lgan gaz ko‘rinishida 
bo‘ladi.
Azot, vodorod va kisloroddan faqrli ravishda, ammiakning keskin o‘tkir hidi bo‘ladi. 
Uning hidi shu darajada keskin bo‘ladiki, arzimagan miqdorda gazsimon ammiak mavjud havo 
muhitida odamning burni achishib, ko‘zlari yoshlanadi va nafas yo‘llarida bo‘g‘ilish alomatlari 
yuzaga keladi. Biz bilgan nashatir spirti va dehqonlar qo‘llaydigan ammiakli suvdagi ammiak 
miqdori juda past (10% dan ham oz) miqdorda bo‘ladi va shu sababli u nisbatan xavfsiz 
sanaladi. Lekin, ammiakning sof holatdagisi bilan va hatto suv bilan aralashmalari bilan ham 
o‘ta ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, maxsus himoya vositalarisiz u bilan ishlamaslik kerak. 
Ammiak mavjud xonada ishlashda albatta havo muhitini muttasil yangilab turuvchi soz 
holatdagi ventilyatsiya ishlab turishi shart. Aks holda, ammiakli havodan nafas olgan odam 
nafas siqishi va ko‘z va og‘izdagi shilliq pardalarga ammiak o‘tirish natijasida keskin 
zaharlanadi. Tanaga, ya’ni, teriga yoki ko‘zga suyuq ammiak tushishi esa o‘ta kuchli kimyoviy 
kuyishga olib keladi.
Ammiakning suvda oson erishining bir g‘alati jihati mavjud. Tabiatda boshqa hech 
qaysi gaz ammiak gazi singari suvda oson erimaydi. Yodingizda bo‘lsa, kislorod haqidagi 
bobda, kislorodning suvda oz miqdorda erishi haqida gapirib o‘tgan edik. O‘sha erigan kislorod 
tufayli baliqlar jabrasi orqali nafas ola oladi.
Bir litr suvda 49 sm
3
kislorod erishi mumkin. Azot va vodorod gazlari esa 1 litr suvda 
24 sm
3
miqdorda eriydi xolos. Biroq, 1 litr suvda naq 0,9 m
3
gazsimon ammiak erishi mumkin. 
Bu gazlarning suvda erishiga oid eng katta ko‘rsatkichdir. Boshqa hech bir gaz bunchalik ko‘p 
miqdorda suvda erimaydi.
Azot, vodorod va kisloroddan farqli o‘laroq, gazsimon ammiakni suyuq ammiakka 
aylantirish, ya’ni, suyultirish juda oson. Buning uchun uni ‒33 ℃ gacha sovitish kifoya qiladi. 
Bosim ostida esa gazsimon ammiakni hatto xona haroratida ham suyultirsa bo‘ladi.
Bu darajada oson suyuqlanadigan gaz juda foydalidir. Suyuqlik bug‘lanayotganida, u 
o‘z atrof-muhitidagi issiqlikni olib chiqib ketadi. Bunga sabab, suyuqlik molekulalarining 
gazsimon holatga tezroq o‘tishi uchun shu tariqa qo‘shimcha energiyaga ega bo‘ladi. Siz teriga 
suv yoki spirt bilan ho‘llagandan keyin, o‘sha joy qurish jarayonida terining mazkur qismi 
sovuqlikni sezishini his qilgan bo‘lsangiz kerak.
Agar ammiakning bosim ostida suyuqlantirilsa va keyin uni ushbu bosimdan halos 
qilinsa, ammiak tezkor gaz holatiga qaytish jarayonida o‘zini o‘rab turgan barcha 


36 
buyumlardagi issiqlik haroratini o‘zi bilan olib chiqib ketadi. Agar shu jarayonni, ya’ni, 
ammiakni bosim ostida suyultirib, keyin uni gaz holatiga qaytarib, u orqali issiqlikni olib chiqib 
ketilishini ta’minlab, keyin yana o‘sha gazsimon ammiakni suyultirib, uni yana gazga 
aylantirish orqali sikl yo‘lga qo‘yilsa, har bir sikl davomida ammiak gazi yana va yana ko‘proq 
issiqlik miqdorini o‘zi bilan olib chiqib ketaveradi. Natijada, bu sikl ishlan turgan muhitdagi 
havo harorati soviydi. Biz maishiy turmushda foydalanadigan muzlatgich va sovutgichlar, 
konditsionerlarning ishlash mohiyati aynan shu jarayonga asoslangandir. Ya’ni, ammiak juda 
yaxshi xladagent sanaladi. Biroq, ammiak eng xavfsiz xladagent emas. Bunday xladagent 
qo‘llangan uskunalarni ehtiyot qilish va ularni teshilib qolishiga olib keladigan keskin 
zarbalardan ihota qilish darkor. Chunki, undagi ammiak moddasi tashqariga chiqsa va 
bug‘lanib, gaz holatida havo muhitini egallasa, yuqorida aytilganidek, nafas yo‘llariga 
bo‘g‘uvchi ta’sir ko‘rsatib, og‘iz va ko‘z shilliq pardalarini zararlaydi. Bu esa salomatlikka 
jiddiy xatar solishi tayin. Biroq, shunga qaramay, ammiakli xladagent eng arzon xladagent 
bo‘lib, shu sababli, maishiy texnikada keng qo‘llanishda davom etmoqda.
Suyuq ammiak ko‘p jihatda suvga o‘xshash. Olimlarning fikricha, markaziy yulduzdan 
olisroqda joylashgan, ya’ni, sharoiti Yer sharoitidan ko‘ra sovuqroq bo‘lgan sayyoralarda 
suyuq ammiakdan iborat ummonlar mavjud bo‘lishi ehtimoli katta ekan. Bu esa, xuddi Yerdagi 
butun hayot sistemasi suv asosida shakllangani singari, o‘sha sayyoralarda ham ammiak 
asosida shakllangan hayot turini vujudga keltirishi mumkin degan taxminlarga sabab 
bo‘lmoqda.
Azot kislorod bilan bir necha usulda bog‘lanishi mumkin. Azotning kislorod bilan 
birikmalari ichida eng taniqlisi – azotning chala oksidi sanaladi. Uning molekulasida ikkita 
azot va bitta kislorod atomi mavjud bo‘ladi.
Azot chala oksidi kislorod va azot atomlariga osongina parchalandi. Aralashmaning 
o‘zi esa 1/3 qismi kisloroddan iborat bo‘ladi. Bu atrof muhitdagi havodagidan ko‘ra kattaroq 
konsentratsiyadir. Shu sababli ham, chog‘lanib turgan har qanday narsa azot chala oksidi 
muhitida darhol yorqin olov chiqarib yonib ketadi.
Avvalgi zamonlarda azot chala oksidini og‘riq qoldiruvchi modda (anestetik) sifatida 
qo‘llashgan. Ya’ni, u bilan nafas qolgan bemor tanasidagi og‘riqlarni sezmay qolgan. Buni 
birinchi marta 1840-yilda bir tish doktori o‘zida sinab ko‘rib aniqlagan edi. Hozirda ham tish 
shifokorlari bu moddadan foydalanib turishadi. Lekin, azot chala oksidining boshqa bir nojo‘ya 
ta’siri ham mavjud. Ya’ni, undan nafas olgan odamlar o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmay 
qolishi mumkin. Bunday odamlar xuddi mast-alast singari, o‘zini g‘alati tuta boshlaydi va 
sababsiz kulib, irjayib, tirjayib hiringlay boshlaydi. Ba’zilar esa, o‘zini tuta olmay, besabab 
janjal ko‘tarishi, baqir-chaqir qilib, yoki, xandon otib kulib hammani g‘ashiga tegishi 
kuzatiladi. Shunday nojo‘ya ta’sirlari tufayli, azotning chala oksidini quvontiruvchi gaz ham 
deyishadi. Lekin, bu juda omadsiz va noo‘rin tanlangan nomdir. Chunki, bunda quvontiradigan 
narsaning o‘zi yo‘q. Chunki, azotning chala oksidi me’yordan ortib ketsa, hayot uchun xavfli 
bo‘lib, o‘limgacha olib kelishi mumkin.


37 
Anestetiklarni odamlarda qo‘llash juda murakkab va o‘ta mas’uliyatli yumushdir. 
Jarrohlik amaliyoti paytida bemorga anestetik yuborish vazifasini maxsus o‘qitilgan va katta 
tayyorgarlikdan o‘tgan, tajriba orttirgan alohida mutaxassislar bajarishadi.


38 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling