Kommunikatsiyalar universiteti kurs ishini


Download 451.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi451.5 Kb.
#1601410
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ikramova S A Uslubiy ko\'rsatma Kurs ishini yozish va himoya qilish




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
 
OʻZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY 
KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
KURS ISHINI 
bajarish va himoya qilish boʻyicha 
USLUBIY KOʻRSATMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2020 



Uslubiy koʻrsatmani tuzishda Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi 
Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim 
vazirligining tegishli buyruq va Nizomlardan foydalanildi. 
Uslubiy koʻrsatmada mutaxassislik fanlari boʻyicah kurs ishlarini bajarish
rasmiylashtirish va himoya qilishga qoʻyiladigan talablar yoritilgan. 
Tuzuvchi: Ph.D Ikramova Saida Alimdjanovna 
Uslubiy koʻrsatma Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar 
Universiteti Kengashida 2020 yil 28-dekabrdagi 5-majlisida muhokama qilingan 
va tavsiya etilgan. 



K I R I SH 
Kurs ishi tegishli ta'lim yo‘nalishi Davlat ta'lim standartlari asosida tuzilgan 
namunaviy dastur hamda shu asosda ishlab chiqilgan ishchi dasturga muvofiq kurs 
ishi yozish rejalashtirilgan fanlar bo‘yicha bajariladi. Kurs ishi talabalarning ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, ma'lum ilmiy 
xarakterga ega bo‘lgan ma'ruzalar tayyorlash va ilmiy maqolalar yozishiga yordam 
beradi. Kurs ishi talabalar o‘quv-tadqiqot ishlarining asosiy shakllaridan biri 
hisoblanadi. Kurs ishi talabaning mustaqil ilmiy ijodiy ishi bo‘lib, u mutaxassislik 
fanining nazariy asoslari va mohiyatini chuqur o‘zlashtirish, aniq amaliy material va 
manbalarni tadqiq etish, ma'lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish kabi ilmiy 
jarayonlar mahsulidir. 
Mutaxassislik fanlaridan kurs ishini yozishda bir qator maqsadlar ko‘zda 
tutiladi. Jumladan talabalarda: 
• mutaxassislikka taalluqli dolzarb mavzu va masalalar borasida tasavvur hosil 
qilish va ularni o‘rganishga yo‘naltirish; 
• o‘tilgan nazariy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash; 
• fan bo‘yicha egallangan bilimlarni ilmiy nuqtai nazardan bayon etish va ularni 
amaliyotga joriy etish malakasi va tajribasini shakllantirish;
• sohaga oid muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha iqtidorini 
rivojlantirish;
• nazariy va amaliy faoliyat bilan bog‘liq ilmiy adabiyotlarni va tahliliy 
materiallarni o‘rganish hamda tasniflash malaka va ko‘nikmalarini 
rivojlantirish;
• amaliy ma'lumotlar va qo‘shimcha materiallar bilan ishlash hamda ulardan 
ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanishga o‘rgatish kabilardir. 
Tayyorlanadigan kurs ishining asosiy vazifasi talabaning tanlab olingan 
mavzu yuzasidan ilmiy-amaliy muammolarni batafsil yoritib berish hamda ular 
yechimi borasida tavsiyalar ishlab chiqish malaka va ko‘nikmalarini 
rivojlantirishdir. Shu bois, kurs ishini tayyorlash va uni himoya qilish talaba ilmiy-



nazariy tayyorgarligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Kurs ishlarini 
bajarish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 

Download 451.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling