Kommunikatsiyalar universiteti kurs ishini
ILMIY-NAZARIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH
Download 451.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Ikramova S A Uslubiy ko\'rsatma Kurs ishini yozish va himoya qilish
ILMIY-NAZARIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH
Kurs ishini sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri tanlab olingan mavzu bo‘yicha mavjud maxsus adabiyotlarni chuqur o‘rganish hisoblanadi. Talaba mavzuga oid tegishli rasmiy ma'lumotlarni, ilmiy asarlarni, darsliklarni, ilmiy maqolalar to‘plamlarini, jurnallarda nashr etilgan maqolalarni, ilmiy anjumanlar materiallarini o‘rganib chiqishi zarur. Adabiyotlarni o‘rganish jarayonida asosiy e'tiborni birinchi navbatda maqola yoki kitobning kurs ishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan qismlariga, ya'ni boblarga, paragraflarga qaratishi kerak. Mavzu yuzasidan ma'lumotlarni to‘plashda ilmiy-amaliy anjumanlar materiallaridan, sosiologik tadqiqotlardan foydalaniladi. Bundan tashqari tanlangan mavzu bo‘yicha mustaqil sosiologik tadqiqotlar, kuzatishlar, so‘rovlar o‘tkazish ham muhim ahamiyatga ega. To‘plangan ma'lumotlarni alohida bo‘limlar va paragraflar bo‘yicha taqsimlash va shundan keyingina ularni har bir bo‘lim va paragraf maqsadi va vazifalariga mos ravishda qayta ishlashga kirishish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy ma'lumotlarni taqdim etishda talaba shu sohada mavjud bo‘lgan va o‘zi foydalangan boshqa ilmiy tadqiqotlardan, ma'lumotnomalardan dalil keltirishi zarur. 8 KURS ISHIGA RAHBARLIK Kurs ishiga rahbarlik mutaxassislik kafedrasida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Bir rahbarga 50 nafargacha talaba biriktiriladi. Rahbar talabaga kurs ishini bajarish bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriq (2-ilova) beradi. Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • kurs ishi yozish bo‘yicha vazifa berish; • talabaga kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish; • talabaga mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni, ma'lumotlarni tanlashda yordam berish; • talaba bilan birgalikda tadqiqot ob'ekti va doirasini, ob'ekt faoliyatini o‘rganish, ma'lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlash. Ilmiy rahbar talaba tashabbusini turli yo‘llar bilan rivojlantirishga va mustaqil ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirishiga yordam beradi. Rahbarning kurs ishi yozish yuzasidan maslahatlar berishi ilmiy rahbar tomonidan belgilangan va kafedra tomonidan tasdiqlangan muddatlarda olib boriladi. Ilmiy rahbar taqdim qilingan kurs ishining dastlabki variantini tekshirib, o‘z mulohazalarini bildiradi va talabaga ishni qaysi yo‘nalishda o‘zgartirish va to‘ldirish kerakligi to‘g‘risida maslahat beradi. Kurs ishi belgilangan talablar asosida bajarilmagan taqdirda ilmiy rahbar uni qabul qilmasligi mumkin. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling