Kommunikatsiyalar universiteti kurs ishini
KURS ISHINING TARKIBIY QISMLARIGA QO‘YILADIGAN
Download 451.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Ikramova S A Uslubiy ko\'rsatma Kurs ishini yozish va himoya qilish
KURS ISHINING TARKIBIY QISMLARIGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR Kurs ishi mavzusiga muvofiq reja tuziladi. Rejada kurs ishining barcha bandlari, ya'ni kirish, asosiy qism, paragraflar, xulosa va takliflar o‘z aksini topishi lozim. Kirish qismining hajmi 3-5 betni tashkil qiladi. Unda tanlab olingan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi, vazifalari, nazariy va metodologik asoslari yoritib beriladi. Asosiy qism faqat paragraflar yoki boblar va uning ichida paragraflar shaklida tasniflanishi mumkin. Bu qism kurs ishi umumiy hajmining taxminan 80-85 foizini tashkil qilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismi paragraflarda berilishi lozim. Asosiy qismda ma'lumotlar tahlili natijalari ochib beriladi, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Nazariy masalalarni yoritish jarayonida talabadan mavzu bo‘yicha olib borilgan ilmiy va amaliy izlanishlar haqida ham ma'lumot berishi talab etiladi. Kurs ishining xulosa va takliflar qismi 3-6 bet atrofida bo‘lib, unda talaba ilmiy izlanishining xulosa va takliflarini keltiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida kurs ishi yozish davomida foydalanilgan manbalar ro‘yxati ma'lum ketma-ketlikda keltiriladi (3 ilova). Kurs ishining mundarija qismida ishning barcha bo‘lim va paragraflari, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati joylashgan betlari bilan birga ko‘rsatiladi. 6 MATERIALLARNI TAQDIM ETISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Kurs ishi imlo xatolarsiz, ravon, tushunarli tilda yozilishi, jumla va gaplar aniq ifodalanishi, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va bir- birini to‘ldirib turishi kerak. Unda keltirilayotgan ma'lumotlar faqatgina ko‘rgazma (illyustratsiya) vazifasini o‘tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va ularning isboti uchun xizmat qilishi lozim. Kurs ishida keltirilgan barcha asoslar va ma'lumotlarning aniqligi va haqiqiyligi uchun uning muallifi mas'ul hisoblanadi. Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi lozim. Talaba tomonidan manbalardan dalillar, ma'lumotlar, turli mualliflarning fikrlaridan ixtiboslar keltiriladi, shuningdek materiallar ilmiy ma'lumotlar bilan ta'minlangan bo‘lishi talab etiladi. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling