Kommunikatsiyalar universiteti kurs ishini
KURS ISHINI BAJARISH VA UNI HIMOYAGA TAYYORLASH
Download 451.5 Kb. Pdf ko'rish
|
Ikramova S A Uslubiy ko\'rsatma Kurs ishini yozish va himoya qilish
KURS ISHINI BAJARISH VA UNI HIMOYAGA TAYYORLASH
Kurs ishini bajarishda talaba: • ishning nomlanishi, boblari, va paragraflari uning mazmuniga mos kelishi; • ishning reja bo‘yicha ketma-ketligi, boblar, bo‘limlar va paragraflar orasida mantiqiy bog‘liqlik bo‘lishi; • ish mohiyati aniq, ravshan, adabiy tilda yoritilishi; • kurs ishi mazmunini illyustrativ materiallar, rasm, jadvallar orqali boyitishga alohida e'tibor qaratishi lozim. Shuningdek, kurs ishida haddan ortiq sitata keltirishdan saqlanishi, so‘zlarni qisqartirib yozishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Rahbar tomonidan kurs ishining talab darajasida bajarilganligi o‘rganiladi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Kurs ishining oxirgi varianti tekshirilgach, rahbar unga imzo qo‘yadi va taqriz yozadi. Taqrizda rahbar ishning yutuq va kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tadi, ish tugallanganligini asoslaydi hamda himoyaga tavsiya etadi. Kurs ishi himoyasi qo‘yidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi: • kurs ishi to‘la tugallanganda; • kurs ishini rasmiylashtirish talablari to‘la bajarilganda; 7 • kurs ishi bo‘yicha topshiriq bergan rahbarning ijobiy taqrizi va imzosi, kafedra mudirining imzosi bo‘lgan holda. Mas'ul kafedra kurs ishini bajarish, himoya qilish va kafedraga topshirish muddatlarini o‘quv rejasiga binoan belgilaydi. Himoyada talaba kurs ishining mazmunini qisqacha izohlaydi, keltirayotgan fikr mulohazalarini asoslaydi va himoya qiladi. Himoyadan so‘ng talabaga kurs ishini qabul qilish komissiyasi tomonidan savollar beriladi va baholanadi. Himoya natijalariga ko‘ra kurs ishi mavzusi bo‘yicha xalqaro, respublika va oliy ta'lim muassasalariaro ilmiy-amaliy, nazariy konferensiyalarda ma'ruza bilan ishtirok etishi, mazkur mavzu bo‘yicha bitiruv malakaviy ishini davom ettirishi mumkinligi to‘g‘risida komissiya xulosa beradi. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling