3. Boshqaruv va moliyaviy hisobning o`zaro bog`liqligi. (2‚3‚4‚5‚7‚17‚
2‚3‚7)
Boshqaruv hisobi mohiyatini har tomonlama va to`liq tushunish uchun
moliyaviy boshqaruv va ishlab chiqarish hisobining o`zaro hamkorligi va munosabati
haqidagi masalani e`tibordan chetda qoldirib bo`lmaydi.
Boshqaruv va moliyaviy hisob o`rtasida, nazarimizda, ko`pgina umumiylik
bor, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizimi axborotidan foydalanadi.
Ushbu tizimi bo`limlaridan biri ham moliyaviy, ham boshqaruv hisobida zarur
xarajatlar va daromadlar hisobi hisoblanadi. Moliyaviy hisobning qabul qilingan
tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari
o`z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari
mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy
boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalanadilar.
Biroq birlashtiruvchi belgilar bo`lishiga qaramay, buxgalteriya hisobining bu
ikki turi - bir-biridan keskin farq qiladi. Iqtisodiy adabiyotda bunday tafovutning
ko`plab belgilari keltiriladi.
Boshqaruv va moliyaviy hisoblarning turli mualliflar talqinidagi qiyosiy
xarakteristikasi 1-ilovada keltirilgan.
Ushbu muammoga turli mualliflar qarashlarini umumlashtirilgan holda
quyidagi belgilarni taklif etishni maqsadga muvofiq deb bilamiz.
Ular ko`p darajada boshqaruv va moliyaviy hisob o`rtasidagi mavjud
tafovutlarni va mohiyatini xoliroq aks ettiradi.
1. Xisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning asosiy maqsadi korxona
moliyaviy hisoboti (moliyaviy hujjatlar)ni tuzish uchun zarur ma`lumotlarni
monitoringini tashkil qilishdan iborat. Bu ma`lumotlar ma`muriyatning o`zi uchun
ham,
tashqi foydalanuvchilar uchun
ham
mqljallangan
bo`ladi.
Tashqi
foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning
to`lov
qobiliyati,
kredit
berish
qobiliyati,
mazkur
korxonaga
berilgan
investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu
ma`lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib
borilganiga e`tibor berishadilar.
Boshqaruv hisobi korxona ichkarisidagi aloqalarning asosiy tizimini o`zida
namoyon etadi. Uning maqsadi - o`tmishdagi xodisalar tahlili asosida kelajakka
mqljallangan tavsiyalarni ishlab chiqish uchun menejerlarni tegishli axborot bilan
ta`minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |