Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti "boshqaruv hisobi"
-MAVZU. AKT SOHASI KORXOHALARIDA BOSHQARUV
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqaruv hisobi fani boyicha
2-MAVZU. AKT SOHASI KORXOHALARIDA BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH SHAKILLARI Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda buxgalteriya hisobini rivojlantirish ularda boshqaruv hisobini tashkil etishning istiqbolli usullaridan foydalanishga bevosita bog`liq. Xalqaro tajribada korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning quyidagi ikkita tizimi mavjud: avtonom; integratsiyalashgan. Integratsiyalashgan va avtonom hisob tizimlarini tashkil etish maqsadi, tarkibi, tamoyillari va vazifalari hamda ularni kompyuterlashtirilish darajasi korxonaning yagona hisob yuritish siyosatida belgilab qo`yiladi. Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom tizimining xususiyati shundaki, unda moliyaviy va boshqaruv hisobi chegaralari aniq belgilangan bo`ladi. Bunga ko`ra, moliyaviy hisobda xarajatlar iqtisodiy elementlari bo`yicha, boshqaruv hisobida esa kalkulyatsiya moddalari bo`yicha tasniflanadi. Boshqaruv hisobida xarajatlar hisobini olib borish uchun 9100-“Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)ëàð tannarxi hisobi schetlari”, 9400-«Davr xarajatlari hisobi» kabi tranzit schetlardan foydalaniladi. Moliyaviy hisob sintetik hisobni tashkil etish uchun mo`ljallanganligi sababli, u mahsulotlar ishlab chiqarish, ish va xizmatlar bajarishga sarflangan xarajatlar summasini aniqlaydi, ammo ularni paydo bo`lish jarayonini hisobga olmaydi. Boshqaruv hisobi esa bu kabi jarayonlarni amalga oshirish bilan shug`ullanadi. Savdo korxonalarida avtonom hisob tizimini tashkil etishda mahsulot sotishdan olingan tushum moliyaviy hisobda ham boshqaruv hisobida ham aks ettiriladi. Bunda moliyaviy hisob xarajat va daromadlar hisobini olib boradi. Bu holat hisob axborotlaridan tashqi foydalanuvchilar uchun soliq to`lovlari haqidagi ma`lumotlarni olishga yordam beradi. Boshqaruv hisobini yuritishning avtonom tizimida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schetida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan moliyaviy natija marjinal foyda va daromad ko`rinishida hisobga olinadi. Moliyaviy hisobda 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schetida balans foydasi shakllanib, u nafaqat asosiy faoliyatdan olingan foyda balki boshqa faoliyatdan olingan foyda (daromad)larni ham qamrab oladi. Moliyaviy hisobda tovar-moddiy zaxiralar hisobot yili oxirida inventarizatsiyadan o`tkazilgandan so`ng ro`yxatga olinadi. Moliyaviy natijani aniqlashda esa sotishdan olingan sof tushumga yil oxirdagi TMZlar qiymati qo`shilib, sarflangan barcha xarajatlar ayriladi. Integratsiyalashgan hisob tizimida xo`jalik muomalalarini ifodalashda tranzit schetlardan emas, balki yagona schetlar tizimidan foydalaniladi. Bunda qoldiqqa ega bo`lgan schetlar bir vaqtning o`zida ham moliyaviy hisobga ham boshqaruv hisobiga tegishli bo`ladi. Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimi oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi: buxgalteriya hisobining markazlashgan tizimini yaratish; moliyaviy, boshqaruv va ishlab chiqarish hisobini yuritish hamda ularni o`zaro muvofiqlashtirish; tezkor boshqaruv axborotlarini olish uchun hujjatlar aylanishini tashkil etish; hisob tizimini avtomatlashtirish; boshqaruv axborotlarining maxfiyligini ta`minlash; samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini beradigan hisobotlar tizimini ishlab chiqish; korxona iqtisodiy, ishlab chiqarish bo`linmalari faoliyatini byudjetlashtirish va moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish; moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish ustidan nazorat o`rnatish. Amaliyotda korxonalarda tijorat sirining maxfiyligini ta`minlash uchun moliyaviy hisob schetlarida faqat qoldiqlar ko`rsatilib, boshqaruv hisobi schetlarida esa xo`jalik muomalalari to`lig`icha aks ettiriladi. Integratsiyalashgan hisob tizimida axborotlarni qayd etish, to`plash va qayta ishlash korxonaning quyi bo`linmalari (tsexlar)dan boshlanadi. SHundan so`ng, to`plangan axborotlar korxonaning yuqori bo`g`inlarida moliyaviy hisobot shakllarini tuzish maqsadida umumlashtiriladi. SHu tartibda, korxonada yagona axborot tizimi shakllanadi. Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimini ishlab chiqish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: hisobning tezkorligi va ishonchliligini ta`minlash; tushunarlilik, ahamiyatlilik; integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etish samaradorligini oshirish va h.k. Savdo korxonalarida integratsiyalashgan hisob tizimida kompyuter texnologiyalarini qo`llash quyidagi faoliyatga nisbatan tadbiq etiladi: ulgurji tovarlar etkazib berish; boshqa xizmatlarni ko`rsatish. Bunda barcha xo`jalik muomalalari kompyuter dasturlarida quyidagi belgilarga ajratilgan holda ifodalanadi: faqat boshqaruv hisobida aks ettiriladigan xo`jalik muomalalari; faqat moliyaviy hisobda aks ettiriladigan xo`jalik muomalalari; moliyaviy va boshqaruv hisobida aks ettiriladigan xo`jalik muomalalari. Savdo korxonalarida integratsiyalashgan boshqaruv hisobini olib borish uchun kompyuter dasturida yordamida quyidagilar bajariladi: xo`jalik muomalalarini ro`yxatga olish uchun tegishli analitik schetlar aniqlanadi; dasturga mahsulot (tovarlar), pul mablag`lari qoldiqlariga doir ma`lumotlar kiritiladi; moliyaviy va boshqaruv hisoboti shakllarini tuzish amalga oshiriladi; analitik schetlar va hisobot shakllari ma`lumotlarini qayta ishlash orqali zarur boshqaruv axborotlari tayyorlanadi hamda foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling