Kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
Download 101.62 Kb.
|
Metrologiya labaratoriya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
- V BO‘LIM. METROLOGIYA IShLARINI MOLIYAVIY TA’MINLASh 20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash
181-modda. Yuridik shaxslarni metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini o‘tkazish, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, sinash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazishni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyatining inspeksiya nazorati belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. (181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) 19-modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik Ushbu Qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 213-moddasiga qarang. V BO‘LIM. METROLOGIYA IShLARINI MOLIYAVIY TA’MINLASh 20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash Davlat tomonidan quyidagilar: metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish; metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash; metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish; metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishga qatnashish; Oldingi tahrirga qarang. metrologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqish; (20-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) metrologiya bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga ishlarni o‘tkazish; Oldingi tahrirga qarang. o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlashga doir “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish; (20-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) Oldingi tahrirga qarang. o‘lcham birliklarining etalonlarini va o‘ta aniq namunaviy o‘lchov vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, sotib olish va asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash; (20-moddaning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) moddalar va materiallar tarkibi hamda hossalarining standart namunalarini, shuningdek moddalar va materiallarning fizik konstantalari hamda xossalariga oid standart spravka ma’lumotlari ishlab chiqish va joriy etish davlat tizimlarini rivojlantirishga doir ishlar; Oldingi tahrirga qarang. davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar albatta budjetdan moliyaviy ta’minlanishi shart. (20-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 101.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling