Kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi


Download 101.62 Kb.
bet5/10
Sana24.12.2022
Hajmi101.62 Kb.
#1063025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Metrologiya labaratoriya.

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.
10-modda. Davlat metrologiya xizmati
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi.
IV BO‘LIM. DAVLAT METROLOGIYA TEKShIRUVI VA NAZORATI
12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari
Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi:
etalonlar;
o‘lchov vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
sinov vositalari;
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
axborot-o‘lchov tizimlari;
o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.

Download 101.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling