Kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
-modda. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash
Download 101.62 Kb.
|
Metrologiya labaratoriya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-modda. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish
16-modda. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. O‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritishni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi. (16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) Tasdiqlangan o‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qo‘yishi shart. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiya qilish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. (16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) 17-modda. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish Oldingi tahrirga qarang. Tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. (17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish huquqi berilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. (17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 101.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling