6-modda. O‘lchamlar birliklarining etalonlari
O‘lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayyorlanadi.
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. O‘lchov vositalari va sinov vositalari
Foydalanishda bo‘lgan o‘lchov vositalari va sinov vositalari o‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.
Texnika vositalarini o‘lchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
8-modda. O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari o‘lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiya qilish tartibini “O‘zstandart” agentligi belgilaydi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
III BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING METROLOGIYA XIZMATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |