Kompaniya haqida


Download 119.5 Kb.
bet3/9
Sana11.01.2023
Hajmi119.5 Kb.
#1087952
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'zbektelekom tarixi

2003 yil

  • “O’zbektelekom” AK Kuzatuv kengashi qaroriga binoan, 2003 yil 4 martida Kompaniyaning “Injener texnik markazi” ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi;

  • Yangi turdagi — CDMA-450 standarti asosidagi simsiz radioaloqa xizmat turini ko’rsatishni o’zlashtirildi va mazkur maqsadlarda “O’zbektelekom Mobayl” filiali tashkil etildi. Uning vazifalari O’zbekiston Respublikasi bo’ylab umumilliy simsiz tarmog’ini rivojlantirishdir.

  • 2003 yili Samarqand va Jizzax viloyatlarida simsiz radioaloqa tarmog’i tizimi ishga tushdi.

2004 yil

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Aloqa va axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha Kompleksining 2004 yil 6 apreldagi yig’ilish qarori hamda “O’zbektelekom” AK Kuzatuv kengashining 2004 yil 26 maydagi 39-son qarorlariga muvofiq “O’zbektelekom” AK “UzNet” filiali “Intal Telekom” filiali bilan birlashtirildi va unga qayta “UzNet” filiali maqomi berildi.

  • 2004 yil dekabr oyida “O’zMobayl” filialining CDMA-450 standarti asosidagi simsiz radioaloqadan foydalanish tizimi o’z xizmatlarini Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoi shaharlarida kengaytirildi.

  • O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan intelektual xizmatlar uchun nojug’rofiy “805” kodi joriy etildi va mazkur kod yordamida O’zbekistonning istalgan punktidan turib, istalgan telefon orqali olidandan to’lanadigan kartochka yordamida xalqaro so’zlashuvlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

2005 yil

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 avgustdagi “O’zbektelekom” AK xususiylashtirishga tayyor qilish va ma’lumotni uzatish tarmog’ini rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 149-sonli qaroriga binoan, UzPAK ma’lumotni uzatish tarmog’i unitar korxonasi “O’zbektelekom” AK “UzNet” filiali bilan birlashtirildi va “UzNet” filiali qayta maqomi berildi.

  • 2004 – 2005 yillar davomida “O’zbektelekom” AK va uning filiallarida “ToshTTS” filialining VoIP shlyuzini kengaytirildi “TShTT” va “UzNet” filiallarida qo’shimcha ikkita VoIP shlyuzlari joriy etildi. Natijada, kompaniya tomonidan universal oldindan to’lanadigan IP telefoniya +Internet kartochkalari tizimi joriy qilindi. Universal kartochkalar yordamida Xalqaro/shaharlararo so’zlashuvlarni amalga oshirish yoki Internet tarmog’idan ancha arzon narxlarda foydalanish yo’lga qo’yildi.

2006 yil

  • O’zbektelekom” AK “UzNET” filiali tomonidan 2006 yili IEEE 802.16-2004 standarti asosidagi WiMAX pilot loyihasini tadbiq etish ishlari boshlab yuborildi.

  • “Inejener-texnik markazi” filiali etarli qurilmalar bilan jihozlangan hamda tinglovchilar uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlarni o’z ichiga qamrab olgan o’quv dargohiga aylantirildi. Natijada, Markaziy Osiyodagi yagona aloqa va axborotlashtirish sohasidagi nafaqat telekommunikatsiya kompaniyalari, balki respublika iqtisodiyotining turli tarmog’idagi vazirlik va idora mutaxassislarini tayyorlash hamda malakalarini oshirish uchun etarli o’quv bazasi bilan ta’minlandi.Respublikaning barcha viloyat markazlarini qamrab oluvchi videokonferentsaloqa xizmati joriy qilindi.

2007 yil

  • Respublikaning barcha viloyatlarini qamrab olgan “O’zbektelekom” AK “O’zmobayl” filialining CDMA-450 tarmog’i kengaytirildi.

  • Kompaniyaning “Toshkent shahar telefon tarmog’i” filialida “Videotelefon” xizmati joriy qilindi.

  • “O’zbektelekom” AK “Andijon Telekom” filiali va “Chirkom” qo’shma korxonalarida telefon so’zlashuvlari xizmatlarini to’lash uchun to’lov kartochlari joriy etildi.


Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling