Kompaniya haqida


Download 119.5 Kb.
bet9/9
Sana11.01.2023
Hajmi119.5 Kb.
#1087952
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'zbektelekom tarixi

Filial tarixi
1982 yilgacha

  • Navoiy shahar aloqa uzeli Buxoro viloyati ishlab chiqarish aloqa uzeli tarkibida bo’lgan.

1982 yil  

  • Aprel oyida Navoiy viloyati tashkil qilinib, Navoiy viloyati ishlab chiqarish uzeli deb atalgan.

1992 yil

  • Mart oyida Navoiy davlat elektr aloqa boshqarmasiga aylantirilgan.

1998-1999 yillar

  • Yaponiyaning «NEC» korporptsiyasi tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik banki ajratgan kredit hisobiga OECF loyihasi asosida umumiy sig’imi 47,0 ming raqamga mo’ljallangan 12 ta raqamli kommutatsiya stantsiyalari va zamonaviy texnologiyalar joriy etildi.

2000 yil

  • Oktyabr oyidan “Navoiy Telekom” ochiq aktsiyadorlik jamiyati shakliga aylantirilgan.

2002 yil

  • Fevral oyidan “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi “Navoiy Telekom” filiali maqomiga aylantirildi.

2004-2005 yillar

  • Yaponiya xalqaro hamkorlik banki JBIC o’rtasida tuzilgan kredit asosida 12000 sig’imga ega bo’lgan 10 ta telefon stantsiyalari ishga tushirildi va optik tolali aloqa kabellari yotqizildi.

  • Aloqa xizmatlarini ko’rsatish qiyin bo’lgan hududni qamrab olgan holda mobayl simsiz abonent liniyali tizimni tadbiq qilish yo’lga qo’yildi.

2007-2008 yillar

  • Filialning qishloq telefon tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha 18 ta “Koinot El-SGM” rusumdagi raqamli abonent kontsentratorlari viloyatning Karmana, Navbahor, Nurota, Qiziltepa, Xatirchi, Tomdi tumanlarida ishga tushirildi.

2010-yil “Barkamol avlod yili” sarhisobi
"Barkamol avlod yili" Davlat dasturi bo’yicha "O’zbektelekom" AK veb-saytida joylashtirish uchun ma’lumotlar
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvaridagi PQ-1271-qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi tasdiqlandi.Eng asosiy vazifalardan biri bu zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o‘zlashtirishdir.“O’zbektelekom” AK tomonidan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar:

  1. Internet-xizmatlar ko’rsatish qiymatini yanada pasaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida joriy yil 1 iyundan boshlab Xalqaro Internet kanallari sig’imi yil boshiga nisbatan 48,8% ga oshirildi. Internet xizmatlari uchun belgilangan narxlar 32% gacha kamaytirildi. Internet tarmog’ining xalqaro kanallariga kirishni bosqichma-bosqich kengaytirish bo’yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

  2. Loyihalar amalga oshirilgandan so’ng Xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM)ning texnik imkoniyatlarini 10 Gbit/sek.ga ko’tarilishiga erishiladi. Milliy kontent (axborot resurslari)ni rivojlantirish uchun infratuzilma yaratish yuzasidan “O’zbektelekom” AK “Ma’lumotlar markazi” (Data-Sentr)ni qurish bo’yicha “NVision Group” kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga asosan qurilmalar to’liq keltirilib, sozlandi. 2010 yil 1 iyulidan boshlab test tarzida ishga tushirildi. Kontentni rivojlantirish maqsadida quyidagi xizmatlarni joriy etish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda:

  • virtual ajratilgan sever (VPS);

  • IPTV (IP televidenie);

  • domen nomlari xizmati (DNS);

  • korporativ elektron pochta;

  • hosting xizmati;

  • mobi.uz mobil portali;

  • Colocation;

  • Telekommunikatsion stoykalari ijaraga berish;

  • Ajratilgan hudud (Dedicated area);

  • Ma’lumotlar zahira nusxalarini olish;

  • Axborot resurslarini saqlash.

  1. Qishloq joylarida ma’lumotlarni uzatishning simsiz keng polosali tarmog’ini kengaytirish bo’yicha “O’zbektelekom mobayl” filiali tomonidan Respublika bo’yicha 3100 ta statsionar terminallar hududlarga ijtimoiy toifadagi ob’ektlarni telefon aloqasi va internet xizmatlari ta’minlash uchun tarqatildi.

Quyidagi loyihalardan tashqari “O’zbektelekom” AK axborot texnologiyalarga bag’ishlangan ko’rgazma, sammit, forum, seminar va konferentsiyalarda ishtirok etib axborot texnologiyalarni rivojlantirishda o’z hissasini qo’shib kelmoqda.


Xulosa

Bugun hech bir sohani axborot texnologiyalaridan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Aloqa va axborotlashtirish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati ham shu jarayonni takommillashtirish, rivojlantirishdan iborat. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga keng imkoniyatlar berish, ularning talab va takliflarini o‘rgangan holda istiqbolli dasturlar ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunga misol tariqasida 2010 yilning 21 dekabr kuni O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida soha rahbarlari va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, GPS xizmat ko‘rsatuvchi hamda internet provayderlarining 70 nafardan ortiq vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr va tashabbuslar o‘rganildi. Bildirilgan istiqbolli takliflar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili munosabati bilan tayyorlanadigan davlat dasturiga kiritilishi belgilandi.


Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka e'tibor – davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan ilg‘or va taraqqiy etgan jamiyat barpo etish borasidagi siyosatning bir ko‘rinishidir. Zero, bozorlarimizni raqobatdosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirishda, aholimizni, avvalambor, yoshlarimizni ish bilan ta'minlash va shu asnoda ularning turmush farovonligini oshirishga erishishda ayni shu soha – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tez va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish eng asosiy omillardan biri hisoblandi.


Shu fursatdan foydalanib, takror va takror aytishni istardim: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – jamiyatimizning, bugungi va kelajak taraqqiyotimiz, farovon hayotimizning mustahkam tayanchi bo‘lishi shart.
Aynan ana shunday qarash, ana shunday yondashuv bizning ish faoliyatimizda, avvalambor, oldimizda turgan o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda asosiy mezon va yo‘llanma bo‘lishiga ishonaman va barchangizga ayni shu maqsad yo‘lida kuch-g‘ayrat va yangi-yangi omadlar tilayman.


Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling