Kompaniya haqida
Navoiy Telekom Filial haqida
Download 119.5 Kb.
|
\'zbektelekom tarixi
Navoiy Telekom Filial haqida
“Navoiy Telekom” filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi “O’zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 488-sonli hamda Kompaniya Kuzatuv kengashining 2002 yil 1 fevralidagi qarorlariga muvofiq Kompaniyaning filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. “O’zbektelekom” AK mavjud litsenziyalari asosida, Navoiy viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan hamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.Filial tarkibida Konimex, Navbahor, Tamdin, Karmana, Zarafshon, Uch-Quduq, Qo’rg’on teppa, Nurota, Xatirchi tuman telekommunikatsiya bog’lamalari hamda Navoiy shahar telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat ko’rsatadi.Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 75ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy sig’imi 67,8 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. Shunlardan, qariyib 63,0 ming raqami zamonaviy telefon stantsiyalari asosidan montaj qilingan. Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’idagi raqamlashtirish darajasi 92,9% tashkil etmoqda. Mustaqillik yillari davomida, filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo’yicha qator loyihalar amalga oshirildi. Xususan, 1998-1999 yillar mobaynida Yaponiyaning Nec korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, Neax 61E rusumdagi raqamli telekommunikatsiya stantsiyasi o’rnatildi. 2005-2006 yillar mobaynida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 fevraldagi “XXR kompaniyalari va banklari bilan axborot texnologiyalari sohasida investitsiya hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni asosida viloyatdagi eskirgan analog rusumdagi ATSlarni zamonaviy telekommunikatsiya jihozlariga almashtirish ishlari izchil davom ettirildi. Unga ko’ra, Xitoyning “Huawei technologies Co.Ltd.” kompaniyasida ishlab chiqarilgan C&C08 rusumdagi va umumiy sig’imi 12,0 ming raqamga mo’ljallangan telekommunikatsiya stantsiyasi foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda, Navoiy shahrida o’rnatilgan umumiy montaj sig’imi 2850 kanalli ShATS orqali xalqaro va shaharlararo telefon so’zlashuvlari xizmatlari ko’rsatilib kelinmoqda. “Navoiy Telekom” filialining magistral va zonaichi tarmog’ida qariyib 500 kilometrli optik tolali aloqa liniyalari o’tkazilgan. Undan tashqari, filialning qishloq telefon stantsiyalarini rivojlantirish va bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish borasida, 2007 yildan boshlab, qishloq telekommunikatsiya tarmog’idagi analog telefon stantsiyalarini El-SGM rusumdagi raqamli kontsentratorlar asosida modernizatsiya qilib borilmoqda. Xususan shu yilning o’zidayoq turli sig’imdagi 18 ta kontsentratorlar o’rnatildi. Download 119.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling