Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар


Adinf Cure Module davolovchi bloki


Download 114.88 Kb.
bet17/23
Sana08.02.2023
Hajmi114.88 Kb.
#1176664
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
kompyuter viruslari1

Adinf Cure Module davolovchi bloki


Adinf Cure Module - bu kompyuterni yangi virusdan “davo-lashga” yordam beradigan dastur bo‘lib, u bu virus ma’lum bo‘lgan Aidstest yoki Dr.Web polifaglarni yangi versiyalarini kutib turmaydi. Adinf Cure Module dasturi, viruslarni ko‘plab turlari borligiga qaramasdan ularni fayllarga tadbiq qilishni unchalik ko‘p bo‘lmagan turlicha usullari mavjudligi dalilini ishlatadi. Me’yoriy ishlash vaqtida, doimiy ravishda ishga tushirishda Adinf taftishchisi Adinf Cure Module dasturiga oxirgi marta ishga tushirilgandan beri qaysi fayllar o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar beradi. Adinf Cure Module dasturi bu fayllarni tahlil qiladi va o‘zining jadvallariga, virus bilan zararlanganda fayllarni tiklash uchun kerak bo‘ladigan, axborotni yozib qo‘yadi. Agar zararlanish bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, unda Adinf taftishchisi o‘zgarishlarni payqaydi va Adinf Cure Module dasturini yana chaqiradi, u zararlangan faylni tahlil qilish va uni yozib qo‘yilgan axborot bilan taq-qoslash asosida faylning boshlang‘ich holatini tiklashga harakat qiladi.

Dastur maxsulotlarini himoya qilish


Dastur mahsulotlari bir qator sabablarga ko‘ra himoya qilishning muhim ob’ekti hisoblanadi.
Birinchidan, ular yuqori malakali mutaxassislarning, ba’zida o‘nlab yoki xattoki yuzlab odamlarning intellektual mexnati maxsuloti hisoblanadi.
Ikkinchidan, bu maxsulotlarni loyihalash jarayoni moddiy va mexnat resurslarini sezilarli harakatlari bilan bog‘langandir, qimmatbaxo kompyuter jihozlarini va ilmiy - texnikaviy texnologiyalarni ishlatishga asoslangan.
Uchinchidan, buzilgan dastur ta’minotini tiklash anchagina mexnat sarfini talab etadi, hisoblash texnikasi jihozlarini ishlamay turib qolish esa tashkilotlar va jismoniy shaxslar uchun noxush natijalarga olib kelishi mumkin.
Dastur maxsulotlarini himoya qilish quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:

  • foydalanuvchilarning alohida toifalarini dastur maxsulotlari bilan ishlash uchun ruxsat etilmagan murojaat qilishni cheklash;

  • ma’lumotlarni qayta ishlashni me’yorda olib borish maqsadida dasturlarni oldindan rejalashtirilgan buzilishini inkor qilish;

    • dastur maxsulotini ishlab chiqaruvchilarni nufuzini buzish maqsadida dasturlarni oldindan rejalashtirilgan o‘zgartirilishni inkor qilish;

  • dasturlarni ruxsat etilmagan adadlashni (nusxalashni) inkor qilish;

    • dasturlarni mazmunini, strukturasini va ishlash mexanizmini ruxsat etilmagan o‘rganishni inkor qilish.

Dastur maxsulotlari turlicha ob’ektlarning odamni, texnik vositalarni, maxsus dasturlarni, atrof muhitni va boshqalarni ruxsat etilmagan ta’sirlaridan himoya qilinishi kerak.
Odamlar dastur maxsulotiga shu dastur maxsulotini hujjatlarini yoki mashina tashuvchisining o‘zini o‘g‘rilash yoki fizik yo‘qotish, dastur vositalarini ishlash qobiliyatini buzish yo‘li bilan ta’sir etishi mumkin.

Download 114.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling