Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар
Download 114.88 Kb.
|
kompyuter viruslari1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararlangan dastur
Zararlangan disk - bu yuklanish sektorida dastur-virus joylashgan diskdir.
Virusni o‘z ichiga olgan dastur ishga tushirilgandan keyin boshqa fayllarni zararlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Eng ko‘proq viruslar bilan diskning yuklanadigan sektori va .EXE,.COM,.SYS yoki /VAT kengaytmasiga ega bo‘lgan bajariladigan fayllar zararlanadilar. Juda ham kam matnli va grafikli fayllar zararlanadilar. Zararlangan dastur - bu unga tadbiq qilingan dastur-virusni o‘z ichiga olgan dasturdir. Kompyuter virusi bilan zararlanishda o‘z vaqtida uni payqash juda muhimdir. Buning uchun viruslarni paydo bo‘lishini asosiy belgilari to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish kerak. Ularga quyidagilar tegishli bo‘lishi mumkin: oldin muvaffaqiyatli ishlagan dasturlarning ishlashini to‘xtashi yoki noto‘g‘ri ishlashi; kompyuterning sekin ishlashi; operatsion tizimni yuklashni imkoni yo‘qligi; fayllarni va kataloglarni yo‘qolib qolishi yoki ularning mazmunini buzilishi; fayllarni o‘zgartirilganlik sanasini va vaqtini o‘zgarishi; diskda fayllar soni bexosdan juda oshib ketishi; bo‘sh tezkor xotirani o‘lchamini jiddiy kamayishi; ekranga ko‘zga tutilmagan xabarlarni yoki tasvirlarni chiqarish; ko‘zda tutilmagan tovushli xabarlarni berish; kompyuter ishlashida tez-tez bo‘ladigan osilib qolishlar va buzilishlar. Ta’kidlash kerakki, yuqorida sanab o‘tilgan hodisalar viruslarni kelib chiqish bilan bo‘lishi majburiy emas, boshqa sabablarning oqibatlari ham bo‘lishi mumkin. SHuning uchun kompyuter holatini to‘g‘ri diagnostikalash har doim mushkuldir. Virus bilan zararlangan va buzilgan fayllarKompyuter virusi kompyuterda mavjud bo‘lgan disklardagi istalgan faylni etarlicha o‘zgartirishi va buzishi mumkin. Lekin fayllarning ba’zi bir turlarini virus “zararlantirishi” mumkin. Bu bildiradiki, virus bu fayllarga “tadbiq” qilinishi mumkin, ya’ni ularni shunday o‘zgartiradiki, ular virusni o‘z ichida saqlaydilar va bu virus ba’zi bir holatlarda o‘zining ishini boshlashi mumkin. Ta’kidlash lozimki, dasturlarning va xujjatlarning matn-lari, ma’lumotlar bazasining axborotli fayllari, jadvalli protsessorlarning jadvallari va boshqa shunga o‘xshash fayllar virus bilan zararlanishi mumkin emas, bu fayllarni viruslar faqat buzishi mumkin. Virus bilan “zararlanishi” mumkin bo‘lgan fayllarning turlari quyidagilardir: Download 114.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling