Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар


Download 114.88 Kb.
bet6/23
Sana08.02.2023
Hajmi114.88 Kb.
#1176664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
kompyuter viruslari1

YUklanadigan viruslar- diskning yuklanadigan sektoriga (Voot sektor) yoki tizimli diskni yuklash dasturini o‘z ichiga olgan sektorga (Master Boot Record) tadbiq qilinadi. Ular faylli viruslardan shunisi bilan farqlanadiki, tizimdan tizimga yuklanadigan sektor orqali ko‘chib o‘tadi va disketalarni va qattiq disklarni faqat Boot- sektorlarini zararlantiradi. Bu virusli dasturlar kichik o‘lchamlarga ega (512 baytdan oshiqroq).
Faylli yuklanadigan viruslar - fayllarni ham, disklarning yuklanadigan sektorlarini ham zararlantiradi. Bu turdagi viruslarni yaratish uchun odatda murakkab algoritmlar va texnologiyalar ishlatiladi.
Zararlantirish usuli bo‘yicha viruslar rezidentli va rezidentli bo‘lmagan bo‘ladi.
Rezidentli virus kompyuterni zararlantirganda tezkor xotirada o‘zining rezidentli qismini qoldiradi, bu qism keyin operatsion tizimni zararlangan ob’ektlarga (fayllarga, disklarning yuklanadigan sektorlariga) murojaatini ushlab oladi va ularga tadbiq qilinadi. Rezidentli viruslar xotirada joylashadi va kompyuterni o‘chirgungacha yoki qayta yuklagungacha aktiv hisoblanadi.
Rezidentli bo‘lmagan viruslar kompyuter xotirasini zararlantirmaydilar va chegaralangan vaqt ichida aktiv hisoblanadi.
Ta’sir etish darajasi bo‘yicha viruslarni quyidagi ko‘rinishlarga bo‘lish mumkin

    1. Xavfsiz - ular kompyuter ishlashiga halaqit bermaydilar, lekin bo‘sh tezkor xotirani va disklardagi xotiralarni sig‘imini kamaytiradi, bunday viruslarning ishlashi birorta grafikli yoki tovushli samaralarda namoyon bo‘ladi.

    2. Xavfli - ular kompyuter ishlashida turli buzilishlarga olib kelishi mumkin.

    3. Juda xavfli - ularning ta’sirida dasturlar yo‘qoladi, ma’lumotlar o‘chib ketadi, diskning tizimli sohalaridagi axborotlar o‘chirilib yuboriladi.

Algoritmning xususiyatlari bo‘yicha viruslarni ularning turli-tumanligini kattaligi tufayli tasniflash mushkulroqdir.

Download 114.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling