Компьютер вируслари ва вирусга қарши воситалар
Virusga qarshi himoya qilish vositalari
Download 114.88 Kb.
|
kompyuter viruslari1
Virusga qarshi himoya qilish vositalariAxborotni himoya qilishning asosiy vositasi eng muhim ma’lumotlarni zahirali nusxalash hisoblanadi. YUqorida sanab o‘tilgan sabablarning istalgani bo‘yicha axborotni yo‘qotish holatida qattiq disklar qayta formatlanadi va yangidan ishlatishga tayyorlanadi. ”Toza” formatlangan diskka distribyutiv ixcham-diskdan operatsion tizim o‘rnatiladi, keyin esa uning boshqaruvi ostida barcha kerakli dasturli ta’minot o‘rnatiladi, ularni ham distribyutiv tashuvchilardan olinadi. Kompyuterni tiklash zahiradagi tashuvchilardan olinadigan ma’lumotlarni tiklash bilan yakunlanadi. Ma’lumotlarni zahiralashda yana shuni inobatga olish kerakki, barcha ro‘yxatdan o‘tgan va parolli ma’lumotlarni, Internetning tarmoqli xizmatlariga murojaat qilish uchun, alohida saqlash kerak. Ularni kompyuterda saqlamaslik kerak. Odatdagi saqlash joyi - bo‘lim raxbarining seyfidagi xizmat kundaligidir. Axborotni zahirali nusxalash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzib olib zahirali nusxalar kompyuterdan alohida saqlanish kerakligini inobatga olish kerak. YA’ni masalan, usha kompyuterning alohida qattiq diskida axborotni zahiralash faqatgina xavfsizlik illyuziyasini yaratadi. Muhim, lekin maxfiy bo‘lmagan ma’lumotlarni nisbatan yangi va etarlicha ishonchli usuli ularni Internetda uzoklashgan serverlarda Web-papkalarda saqlash hisoblanadi. Foydalanuvchi ma’lumotlarini saqlash uchun bo‘sh joyni (bir necha Mbaytgacha) tekinga beradigan xizmat turlari mavjuddir. Maxfiy ma’lumotlarni zahirali nusxalarini seyfda saqlanadigan tashqi tashuvchilarda, iloji boricha alohida binolarda, saqlanadi. Zahirali nusxalashni tashkiliy rejasini ishlab chiqishda turli joylarda saqlanadigan, ikkitadan kam bo‘lmagan zahirali nusxalarni yaratish kerakligini inobatga olish kerak. Nusxalar o‘rtasida rotatsiya amalga oshiriladi. Masalan, xafta davomida har kuni zahirali A komplektning tashuvchilarga ma’lumotlarni nusxalaydi, bir xaftadan keyin esa ularni B komplekt bilan almashtiriladilar, va x.k. Axborotni himoya qilishning yordamchi vositalari virusga qarshi dasturlar va apparatli himoya qilish vositalari hisoblanadi. Masalan, bosh platada ulanish joyini oddiygina o‘chirib qo‘yish DE++ sini qayta dasturlanadigan (flesh - BIOS ) mikrosxemasini o‘chirishni amalga oshirish imkonini bermaydi, bunda bu ishni kim amalga oshirishiga: kompyuter virusimi, yomon niyatli odammi yoki tartibsiz foydalanuvchimi, bog‘liq emasdir. Virusga qarshi himoya qilishning etarlicha ko‘p dastur vositalari mavjuddir. Virusdan himoya qilish uchun ishltish mumkin: -axborotni himoya qilishning umumiy vositalari, ular magnit disklarini fizik buzishdan kafolatlash, kabi, noto‘g‘ri ishlaydigan dasturlar yoki foydalanuvchilarning noto‘g‘ri harakatlari kabi foydalidir; -virus bilan zararlanish ehtimolini kamaytirish imkonini beradigan profilaktik choralar; -viruslardan himoya qilish uchun maxsus dasturlar. Axborotni himoya qilishni umumiy vositalari nafaqatgina virusdan himoya qilish uchun foydali emas. Bu vositalarning ikkita asosiy turi mavjuddir: -axborotni nusxalash-fayllarning va disklarning tizimli sohalarini nusxalarini yaratish; Download 114.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling