Kompleks sonlar
Mavjud vaziyatni hal qilish uchun matematika o`qituvchilariga
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
kompleks sonlar mavzusi misolida nomatematik yonalishlardagi bakalavriat talabalarini oqitishda kompetentsiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompetentsiyaga asoslangan o`quv topshiriqlari qanday bo`lishi kerak
- Standart masalalar
- Nostandart masalalar
Mavjud vaziyatni hal qilish uchun matematika o`qituvchilariga
quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi: - matematik nutqni to`g`ri va aniq shakllantirish; - matnli masalalarini yechishda matematik mazmun va usullarni ajratib ko`rsatish va yangi holatga qo`llash; - masala shartlarini matnli ko`rinishdan matematik tilga o`girish va bu shakl almashtirishlarning mazmun va mohiyatini ochib borish; - o`quvchilarda ijodiy ishlash ko`nikmalarini shaklllantirish va faol aqliy harakatlarni amalga oshirishlari uchun muammoli vaziyatlarni yaratish. ta’lim jarayonida o`quvchilarning tabaqalashtirilgan individual shug`ullanish traektoriyalarini yaratish; - darsda interfaol va faol ta’lim texnologiyalari: loyiha metodi, keys, o`yin texnologiyalari, muammoli o`qitish, matn bilan ishlash, klaster, poster, sinkveyn, BBB, FSMU, baliq skeleti, nilufar guli kabi metodlardan o`rnida foydalanish. Kompetentsiyaga asoslangan o`quv topshiriqlari qanday bo`lishi kerak? Matematik masalalar – o`quvchilarda mantiqiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishning eng asosiy vositasi hisoblanadi; Odatiy (standart) matematik masala: Har qanday matematik masala “Shart” va “Xulosa” qismlardan tuziladi. “Shart” qismida “Ma’lum” kattaliklar beriladi va “Xulosa” qismida esa “Noma’lum” kattaliklarni topish talab qilinadi. “Noma’lumlar”ni topish uchun “Ma’lumlar”dan foydalaniladi. Standart masalalar Standart masala shartida berilgan “Ma’lumlar” “Noma’lumlar”ni topish uchun ko`p ham bo`lmaydi oz ham bo`lmaydi. Darsda ko`pincha standart ko`rinishdagi masalalar yechiladi. Standart masalalar darslikda ko`rilgan standart usullar bilan yechiladi. Nostandart masalalar Nostandart masala shartida berilgan “Ma’lumlar” nostandart ko`rinishda berilishi mumkin. “Ma’lumlar”, “Noma’lumlar”ni topish uchun keragidan ortiq ham bo`lishi mumkin, shuningdek, yetarli bo`masligi ham bo`lishi mumkin. Nostandart masalalarni yechishning standart usullari yo`q, har biri o`zgacha yondashuvni talab qiladi. Darsda nostandart ko`rinishdagi masalalar deyarli yechilmaydi. O’zbekiston Respublikasida ta’limning uzliksizligi,uzviyligi,o’quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib shiqib,ularning yosh hususiyatlariga mos ravishta quyidagi kompetenciyalar shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan buyon qisqa bu davr mobaynida Vatanimiz iqtisodiy,siyosiy va ma’naviy sohalarda ulkan ulkan muoffaqiyatlarga erishdi.bu muoffaqiyatlar zamirida davlatimiz tomonidan 1997-yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ham ahamiyati beqiyosdir. Bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash,takomillashtirish,o’qitish samaradorligini va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg’or pedagogik tajribalarni keng ommalashtirish bo’yicha ham ancha ishlar amalga oshirildi.Mustaqillikning daslabki yillaridan boshlab ta’lim tizimini isloh qilish,yangi DTS va o’quv dasturlarini takomillashtirish va yangi darsliklar yaratish davlatning asosiy ishlaridan bo’ldi. Kompetensiya-Fan bo’yicha egallagan nazariy bilim,amaliy ko’nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarini yechishta foydalanib,amaliyotda qollay olishdir. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim-o’quvchilarda egallagan bilim,ko’nikma va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo’llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo’naltirilgan ta’limdir. Tayanch kompetensiyalar: 1.Kommunikativ kompetensiya -jamiyatda o’zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukkamal o’zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish -O’z fikrini o’gzaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish ; -Ijtimoiy moslashuvchanlik ,o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish,jamoaviy hamkorlikda ishlay olish; -turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish,muomma va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur bo’lgan qarorlarni qabul qila olish. 2)Axborot bilan ishlash kompetensiyasi -mavjud axborot manbalaridan (internet,kompyuter,televizor,telefon va boshqalar)foydalana olish; -media vositalaridan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish,saralash,qayta ishlash, uzatish, saqlash,xafsizligini ta’minlash va foydalanishda media – madaniyatiga rioya qilish; -ma’lumotlar bazasini yarata olish,asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish; -kundalik faoliyatida uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish. 3)Shaxs sifatida o’z-ozini rivojlantirish kompetensiya -shaxs sifatida doimiy ravishta o’z-o’zini rivojlantirish,jismoniy,ma’naviy,ruhiy va intelektual kamolatga intilish; -hayot davomida o’qib o’rganish,bilim tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib boorish; -o’z xatti harakatini advokat baholash, o’zini nazorat qila bilish, halollik,to’g’rilik kabi sifatlarga ega bo’lish; -o’qib o’rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarini hal eta olish 4)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - Jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va ishtirok etish -o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi,unga rioya qilish; -mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala,iqtisodiy,huquqiy madaniyatga ega bo’lish -kasbiy mavqeyining o’sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish,yordamga muhtojlarga saxovatli bo’lish. 5)Umummadaniy kompetensiyalar - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish; -badiiy va san’at asarlarini tushunish,ta’sirlana olish; -Orasta kiyinish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda poydalanish kompetenciyasi - aniq xisob kitoblarga asoslangan xolda shaxsiy,oilabiy,kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish,kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma modellarni o’qiy olish,inson mehnatini yengillashtiridigan,mehnat unimdorligini oshiridigan,qulay shart-sharoitga olib keladigan,fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.mazkur kompetenciyalar umumta’lim fanlari orqoli o’quvchilarda shakllantiriladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling