Ob'ektlarni frontal va burchakli holatda qurish
Perspektiv tasvirlarni qurish jarayonida biz ob'ektlarni yoki frontal ko`rinishda (kartinaga parallel joylashgan tekisliklar), yoki kartinaga nisbatan burchakli holatda joylashganini ko`ramiz. Bo`larning birinchisi frontal perspektiva, ikkinchisi burchakli perspektiva hisoblanadi.
Chuqurlikka qarab ketuvchi parallelgorizontal chiziqlar perspektivada ufq chizig`ida, tutashuv nuqtasida birlashadi. Frontal va burchakli perspektivada bu nuqtalarning o`rni turlicha aniqlanadi.
Frontal perspektivada tasvirlangan ob'ektlar parallel chiziqlarni tutashtiruvchi bitta tutashuv nuqtasiga ega.
Ob'ektni burchakli perspektivada qurishda esa ufq chizig`ida ikkita tutashuv nuqtasi bo`ladi. Bo`lar asosiy nuqtadan chap va o`ng tomonda joylashadi.
Burchak perspektivasida ufq chizig`ini topish printsipi frontal perspektivadagiga o`hshash, ya'ni ufq chizig`i ko`z balandligida joylashadi. ( - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |