Kompozitsiya tushunchasi haqida


Perspektiva qoidalariga asoslanib manzara ishlash


Download 143.76 Kb.
bet33/109
Sana05.01.2022
Hajmi143.76 Kb.
#216699
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109
Bog'liq
КМПОЗ

Perspektiva qoidalariga asoslanib manzara ishlash

Tasviriy san'atning lirik janrlaridan biri bu manzaradir. Unda asosan tabiat va shahar ko`rinishlari aks ettiriladi. Rassomlar bu ko`rinishlarni tasvirlash orqali o`zlarining ularga bo`lgan munosabatlarini, his tuyg`ularini ifodalaydilar.

Manzaradagi uzoq va yaqinni tasvirlay bilish, savodli rasm chizishda muhim ahamiyatga ega. Planni to`g`ri tasvirlash uchun avvalo manzarani sinchiklab kuzatish va uni tasvirlaganda uzoqdagi narsalarning yaqindagiga nisbatan kichik ko`rinishini hisobga olish, havo perspektivasi qoidasiga rioya qilgan holda ish tutish darkor. Havo perspektiva qoidasiga ko`ra uzoqdagi narsalar rang va ton jihatdan yaqindagilarga nisbatan xiraroq va och ko`rinadi. Daraxtlarning havo perspektivasi qoidalariga rioya qilib tasvirlanganligiga qaramasdan ular umumiy shaklining aniq saqlanib qolishiga erishmoq lozim. (-rasm).

Rassom manzara rasmini chizish uchun tabiatning biror qismini tanlar ekan, avvalo ko`rish nuqtasi va ufq chizig`i kayerdan o`tganligini qog`oz betida aniqlab olishi kerak bo`ladi.

Naturada parallel chiziqlar ular kancha uzoqlikda joylashganiga qaramay kesishmaydi. Ular orasida masofa qoladi. Agar chiziqlar cheksiz uzoqlikka qarab ketsagina kesishadi.

Ko`chadagi simyog`ochlarni chizish uchun, ularni ustki va ostki nuqtalaridan chiziq o`tkazib, tutashuv nuqtasida birlashtiramiz. ( - rasm).

Keyin birinchi simyog`ochning asosidan to`g`ri chiziq o`tkazib, ikkinchi simyog`ochning o`rtasiga birlashtiramiz va uni davom qildirib keyingi simyog`ochning ustigacha olib boramiz. Xuddi shu printsip asosida odam figurasini gorizontal tekislikda turli masofada joylashtirish mumkin.

Tablitsada perspektiv qisqarishlar qonunida foydalangan holda odam qomatini chuqurlikda tasvirlash va aniq o`lchamini topish ko`rsatilgan. ( - rasm).

Unda uchta misol ko`rsatilgan: tik turgan, yuqorida turgan va yotgan holatdagi odamning qomatini o`lchamini topish ko`rsatilgan. Tik turgan holatdagi odam qomatini o`lchamini aniqlash uchun odamning boshi va oyog`idan ko`rish nuqtasiga chiziq o`tkaziladi, va bunda tanlangan chuqurlikda odam qomati joylashadi. Ikkinchi ko`rinishda ham yuqoridagiga amal qilinadii va odam qomati - yuqoriga ko`chiriladi. Yotgan odamni rasmini chizishda ham shu qoidaga amal qilinadi, lekin topilgan, qisqargan holatdagi o`lcham kerakli joyga ko`chiriladi.

Binolarning uzoqlashayotgan gorizontal parallel chiziqlari ham ufq chizig`ida kesishadi. burchak tomondan ko`rinuvchi binoni odam bo`yi balandligida tasvirlaganimizda ufq chizig`i odam ko`zi balandligida binoni kesib o`tadi va ufq chizigining bitta tutashuv nuqtasi o`ng tomonda, yana bittasi esa chap tomonda bo`ladi. Agar yerga o`tirib qarasak, ufq chizig`i ham pastga tushadi. ( - rasm).

Balandlikdan tasvirlaganda esa bino yer fonida tasvirlanadi. (-rasm).

Ijodiy ishni kompozitsion hal qilishda ufq chizig`i balandligini tanlash muhim omillardan biri hisoblanadi. Tasvirlanayoigan ob'ektni ulug`voriligini ko`rsatish uchun past ufq chizig`ida tasvirlash talab etadi. Ba'zi bir holatlarga esa, masalan panoramani tasvirlash uchun yuqori nuqtadan ko`rish maqsadga muvofiq.

Turli binolarni perspektiv ko`rish orqali frontal, burchakli va gumbaz perspektivasini tasavvur qilishga, ko`rish nuqtasini yuqoridan yoki pastdan joylashishni o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishga imkoniyat yaratadi.



Download 143.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling