Kompozitsiya tushunchasi haqida


Download 143.76 Kb.
bet35/109
Sana05.01.2022
Hajmi143.76 Kb.
#216699
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
Bog'liq
КМПОЗ

Suvdagi akslarni qurish

Suvdagi akslar ham o`ziga xos bo`lgan perspektiva qoidalariga ega. Predmetlarning suvdagi akslarining o`zunligi predmetning o`zini o`zunligiga teng. Aks tasvir predmetni o`zini agdarilgan holatda takrorlaydi. Predmetlarning suvdagi aksini ko`rish da shuni esdan chikarmaslik lozimki, avvalo kirgoqning qalinligini belgilab, keyin predmetning balandligini ko`rsatish kerak bo`ladi.

Akslarda vertikal va gorizontal chiziqlar o`ziday qoladi, lekin kiya chiziqlarining o`zunligi o`zgaradi. Aylana yoki murakkab akslarni ko`rish uchun tayanch nuqtalaridan foydalanish mumkin.

Predmetlarning suvdagi akslari, ularni suv tekisligi tomondan kuzatganda qanday bo`lsa, shunday ko`rsatadi, ya'ni biz ularni pastki tomondan ko`ramiz. Agar ob'ekt kirgoqdan ancha o`zoqda joylashgan bo`lsa, suvni fikrlash shu predmetni ostigacha surib ko`rib keyin ularni ko`rish lozim. Bunda akslarning yarmini kirgoq berkitib olishini oson tushunish mumkin.

Uylar, daraxtla, ko`priklar, kayiklar va odamlarning akslari suvda kurilsa ularning xarakteri ancha o`zgaradi.

Tinch holatda turgan suvdagi akslar juda aniq ko`rinadi, ya'ni salgina shamol tursa ular mayda bo`laklarga bulinib ketadi. Bo`lingan akslar ancha uzun ko`rinadi.

Chiziqli perspektiva qonun va qoidalarini o`rganish rassomga naturadan, tasavvurdan va xotiradan ishlashda yaxshi yordam beradi. U kompozitsiya ustida ishlashda ham juda zarur. Bu bo`limda chiziqli perspektiva haqida ba'zibir boshlangich ma'lumotlar berildi. Bu ma'lumotlardan o`quv va ijodiy vazifalarni hal qilishda keng foydalanish mumkin. Nazariy bilimlar rassomga ijodiy jarayonda bir qator vazifalarni hal qilishda yordam beradi.



Download 143.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling