Kompozitsiya tushunchasi haqida
Download 143.76 Kb.
|
КМПОЗ
Havo perspektivasi
Havo perspektivasi - bu predmetlarning havo muhiti va masofa ta'sirida rangi, shakli va yorug`lik darajasining o`zgarishidir. Yaqin masofada turgan predmetlarning detallari va fakturasi aniq ko`rinadi, uzoqlashgan sayin esa umumlashgan holda ko`rinadi. Yaqinda turgan predmetlarning konturi juda aniq, uzoqroqdagilarniki esa yumshoqroq bo`lib ko`rinadi. Barcha yaqin predmetlar kontrast yorug` - soyaga va hajmga ega, uzoqdagilar esa nozik yorg-soyaga ega bo`lib, lpoq shaklda ko`rinadi. O`zoqdagi predmetlarning rangi havo qatlami ta'sirida kam to`yinganroq bo`lib havo rang ta'siriga tushib - osmonrang, so`trang - oq, siyohrang tusga ega bo`ladi. Barcha yaqin predmetlar esa ko`prangli, o`zoqdagilar bir rangli bo`lib ko`rinadi. Rassom bu barcha o`zgarishlarni o`z kartinasida masofa va yorug`langanlikni berish jarayonida e'tiborga olishi lozim. Tutun yoki tuman bilan to`lgan havo muhiti rasmda fazoni va kompozitsiyada planni ko`rsatishda yordam beradi. Ijodiy ishda albatta havo muhitidagi perspektiv o`zgarishlarni e'tiborga olish lozim, chunki uzoq plan oldingi planga nisbatan yorqinroq, predmetlarning konturi esa yoyilib, aniqlikni yo`qotadi. Bu ayniqsa tog`da yoki o`rmonda yaqqol ko`zga tashlanadi. Bu hodisa havo perspektivasi deb ataladi. Havo perspektivasi quyidagi qonunlarga ega:
Shunday qilib tekislikda rang va geometrik qurish yordamida masofani tasvirlash mumkin ekan. Download 143.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling