Kompyuter falsafasi


- reja. FALSAFADA RIVOJLANISH MUAMMOSI


Download 1.16 Mb.
bet20/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

3- reja. FALSAFADA RIVOJLANISH MUAMMOSI
«Dialektika» atamasi grekcha «dialegomai» (suhbatni olib borish, bahslashish) so‘zidan kelib chiqqan. Shu so‘zdan «dialektike texne» (bahslashuv san’ati) iborasi hosil qilinib, uni Suqrot munozara olib borish usuli sifatida tatbiq qildi. Mutafakkir yashagan davrda antik demakratiya doirasida ijtimoiy hayotda (ta’lim tarbiya ijtimoiy faoliyat, davlatni boshqarish sud ishlari soharida) dialog munozara va bahsning ahamiyati oshadi. Suqrot bahslashuv san’atini tushunchalar va hukmlarni tahlil qilishda yakka tushunchalardan umumiy tushunchalardan umumiy tushunchalarga o‘tishda muhim rol o‘ynashini anglab mayevtika (grekcha – doya san’ati) usulini ishlab chiqdi. Mayevtikaga binoan biron bir falsafiy muammo (masalan «olam», «aql», «nafosat» kabi tushunchalarni tahlil qilish) yuzasidan suhbat bo‘ladi, suhbat davomida ketma-ket berilgan savollar orqali olinayotgan javoblarning to‘g‘ri yoki notqg‘riligi aniqlanadi, hukmlardagi ziddiyatlar ochiladi, kundalik hayotda ishlatiladigan so‘zlar va tasavvurlarni sayoz mazmunga ega bo‘lishi ko‘rsatiladi. Natijada suhbatdosh tomonlar maqbul fikrga kelganlar, narsa va hodisalarning mohiyatini ochib beradigan haqiqatni izlab topishiga harakat qilganlar.
Aflotun ustozi Suqrotni dialektikaga oid fikrlarini tizimga soldi. Mutafakkuir, dialektika – bu olam, inson va bilish jarayonining mohiyatini, borliqning umumiy tomonlari va turkumlarini harakat, sukunat, tafavut, ayniyat, borliq kategoriyalari yordamida tushuntirib beradigan bilim sohasidir, degan fikrga kelgan.
Aristotel o‘zidan oldin ijod etgan faylasuflarni stixiyali dialektik qarashlaridan xabardor bo‘lgan, borliqdagi narsalarni xossalari va mohiyatini, ularni in’ikos tasavvurlarni o‘zgarib turishini e’tirof etgan. Lekin mutafakkir dialektika usuliga Suqrot va Aflotun bergan tushuntirishdan farq qiluvchi izohni bergan. Uning fikricha dialektika ehtimolli hukmlarni tahlil qilish sohasida qo‘llaniladigan usuldir. Dialektik isbotlashda ehtimolli hukmlardan ehtimolli xulosa kelib chiqadi. Mantiqiy zaruriyat holatida apodiktik (grekcha – ishonchli, shak – shubhasisiz) hukmlardan xulosa chiqarishda dialektika qo‘llanilmaydi.
Ba’zi bir obyektiv sabablarga ko‘ra, haqiqatga intilish turli g‘oyalarga, to‘siqlarga uchrab turadi. Ijtimoiy hayotda bo‘lganidek, bilish sohasida ham bir-biriga muqobil munosabatda bo‘lgan yondashuvlar, usullar mavjuddir. Shular jumlasiga dialektikaga qarama-qarshi bo‘lgan sofistika, eklektika, dogmatizm va metafizika kiradi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling