Kompyuter falsafasi


Download 1.16 Mb.
bet23/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

Qonun tushunchasi. Dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan.
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qo‘yidagicha ta’rif berish mumkin: Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, o‘zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir.Endi qonunning belgilariga to‘xtalamiz:
- qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini, ya’ni shunday bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bular olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi;
- qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodifiy bog‘lanishlar, goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi.
- qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi.
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bog‘lanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi, ya’ni bir safar yuz berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni qonun qamrab olmaydi. Masalan, 2001 yili qishdan keyin bahor kelib, 2002 yilda qishdan keyin birdaniga yoz kelishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, bu tabiat qonuni — fasllar o‘zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi.
Tabiat qonunlari - obyektiv xarakterga ega, ya’ni u insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog‘lanishlar, munosabatlar obyektiv xususiyatga ega.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling