Kompyuter falsafasi


- reja. Falsafa kategoriyalari


Download 1.16 Mb.
bet27/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

4- reja. Falsafa kategoriyalari
Kategoriya yunon tilidan olingan bo‘lib, «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Kategoriyalarni falsafa tarixida birinchi bo‘lib Arastu ta’riflab bergan.
U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqye», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonda ko‘proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O’sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
In’ikos etilayotgan aloqadorlik va bog‘lanishalrni, borliqning universal xislatlari va qonuniyatlarini miqyosi va mazmunini nazarga olib falsafiy kategoriyalarni uch turkumga bo‘lish mumkin:

  1. Borliq to‘g‘risidagi ta’limot kategoriyalari (borliq, olam, substansiya, materiya, harakat, makon va vaqt, cheklik va cheksizlik va boshqalar)

  2. Bilish nazariyasiga oid kategoriyalar (bilish, in’ikos, haqiqat, adekvatlik, obraz, tafakkur va boshqalar)

  3. Dialektika kategoriyalari (yakkalik va umumiylik, xodisa va mohiyat va boshqalar)


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling