Kompyuter falsafasi


Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir


Download 1.16 Mb.
bet29/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O’z navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo‘lib hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va muhim bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni, sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan muhim element, ma’lum vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
«Mohiyat va hodisa» kategoriyasini olib ko‘raylik. Mohiyat-o‘zida alohidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bo‘lmagan, nisbatan barqaror yoki o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida o‘rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehtiyojlarini qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo‘lgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib, uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga, sivilizasiya kelajagiga bog‘lab tahlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo‘ladi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog‘lanishlari makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat va hodisa o‘z xususiyatlariga ko‘ra sistema, struktura va elementlarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har qanday hodisani va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling