"Kompyuter injiniring" kafedrasi at-servis yo’nalishi 21-06 gurh talabasi Karimov Abdullatifning
Elektr energiya manbalarining xarakteristikalari
Download 191.85 Kb.
|
Karimov Abdullatif Sxema 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- U, (V) U, (V)
- EYUK manbasi.
Elektr energiya manbalarining xarakteristikalari. Elektr energiya manbalarining turli- tumanligi va ishlash uslubining har xil bo’lishiga qaramasdan ular umumiy xususiyat-elektr energiya ishlab chiqarishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ularni elektr quvvati yoki ikki kattalik EYUK va elektr toki bilan xarakterlash mumkin.
Elektr energiyani ishlab chiqarish va iste‘mol qilish bir jarayonni tashkil qilib, har qanday vaqt birligida iste‘molchi qancha energiya qabul qilsa, manba shuncha energiya beradi. Elektronikada, hisoblash texnikasi va avtomatik qo’rilmalarda, shunday manbalar qo’llaniladiki, yuklama quvvati o’zgarganda ham tok doimiy bo’ladi (I=const). Elektr energiya manbalari ishlab chiqarayotgan elektr energiyaning bir qismi shu manbaning ichida, ya‘ni o’zida sarflanadi. Manbaning o’zida energiya yo’qolishini ichki qarshiligi bilan xarakterlash qabul qilingan. Elektr energiya manbalarini ichki qarshiliklari va iste’molchilarni qarshiliklari orasidagi mimosabatga qarab manbalar EYUK manbasi va tok manbasi bo ’lishi mumkin. U, (V) U, (V) 1.3-rasm 1.4-rasm Shunday qilib, yuklama har doim manbaning quvvatini aniqlaydi. Manbani toki va kuchlanishi yuklama o’zgarishiga va ish sharoitiga qarab o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. EYUK manbasi. EYUK manbasining qutblarida yuklanish (elektr tokini) etarlicha katta chegarada o’zgartirganda ham kuchlanish o’zgarmaydi: Uchiq = E= const. EYUK manbasi shu manba P quvvatining yuklama toki I ga nisbatiga to’g’ri proporsional P /1 = E = const (1.10) ichki qarshiligi RtchkP 0 yoki Rtchkt■ Ryuk. Agar EYUK manbasi ichki qarshiligi Richki=0 bo’lsa, volt-amper xarakteristikasi to’g’ri chiziqli bo’ladi. Bunday xarakteristikaga ideal EYUK manbasi ega bo’ladi. Masalan, qo’rg’oshinli akkumulyatorlarda yuklama tokini etarlicha katta chegarada o’zgartirganda chiqish kuchlanishi o’zgarmaydi. Bu shundan dalolat beradiki, akkumulyator ichki qarshiligi shunchalik kichikki, EYUK Ega nisbatan ichki qarshilikdagi kuchlanish tushuvini hisobga olmaslik mumkin. Demak, yuklama tokini (yuklama qarshiligi) tekshirilayotgan diapozonida akkumulyator EYUK manbasi deb faraz qilish mumkin, ya‘ni E=const va Richki=0. Manbalarni energetik imkoniyatlarini (VAX) volt-amper (tashqi) xarakteristikalari, yani kuchlanishni tok kuchiga bog’liqligi bilan ifodalash qo’lay. EYUK manbasini toki o’zgarganda uni chiqishlaridagi kuchlanish Uchiq=const, u vaqtda EYUK manbasini VAX tok o’qiga parallel bo’ladi. R= « da I=0 va manbani quvvati ham nol bo’ladi (1.3-rasm). Download 191.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling