"Kompyuter injiniring" kafedrasi at-servis yo’nalishi 21-06 gurh talabasi Karimov Abdullatifning


Download 191.85 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi191.85 Kb.
#1584463
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Karimov Abdullatif Sxema 1

Sig’im C - elementning zaryadlar to’plash yoki elektr maydoni hosil qilish xususiyati. Boshqacha qilib aytganda, sig’im- elektr energiyasini elektr maydonida saqlash xususiyatiga ega qurilma. Bu parametr elementning zaryadi va kuchlanishi o’rtasidagi proporsionallik koeffisienti hisoblanadi:

q — CU , q = Cu
Umumiy holatda har qanday real qurilmada uchala parametr R, L, C mavjud bo’ladi. Har qanday elektr energiyasi manbasining xususiyati, zanjirning ma‘lum qismida potensiallar farqini vujudga keltirish, shu bilan birgalikda berk kontur bo’ylab tok vujudga keltirishdan iborat.
Manbadan tok o’tganda, qizish hisobiga uning ichida energiya isrofi vujudga keladi. Bu isrof qarshilik- R parametri bilan xarakterlanadi. Elektr zanjiridagi elementning ishini R, L, C bilan xarakterlansa, bunday elementlar passiv elementlar deb ataladi. Agar elektr zanjirining elementi faqat bitta parametr bilan xarakterlansa, bunday elementlar ideal elementlar deb ataladi.
Tarmoqlangan va tarmoqlanmagan elektr zanjirlari
Ma‘lum qarshilikdan oqib o’tayotgan tokning shu qarshilikdagi kuchlanishga nisbati volt- amper xarakteristika (VAX) deb ataladi va grafik tarzida ifodalanadi. Odatda grafikning absissa o’qida kuchlanish ordinata o’qida esa tok joylashtiriladi.
Volt-amper xarakteristikasi tug’ri chiziqdan iborat bo’lgan qarshilik chiziqli qarshilik, faqat chiziqli elementlardan iborat zanjir esa chiziqli zanjir deb ataladi (1.2-rasm, 1). Volt-amper
xarakteristikasi egri chiziqdan iborat qarshilik egri chiziqli qarshilik va mos holda egri chiziqli zanjir deb ataladi (1.2-rasm, 2).
Elektrotexnikada tarmoqlangan va tarmoqlanmagan zanjir tushunchalari mavjud. Murakkab zanjirlar (ikki va undan ortiq konturli) uchun tarmoq, tugun va kontur tushunchalari qullaniladi.
- rasm
Elektr sxemasi-elektr zanjirining grafik tasviri hisoblanib, zanjir elementlarining shartli kurinishi va ularning ulanish usullari tasviridir.
Elektr zanjiri tarmog’i-elektr zanjirining bir xil qiymatdagi tok oqib o’tadigan qismiga aytiladi. Tarmoq bir yoki bir nechta ketma-ket birlashtirilgan qarshiliklar (rezistorlar) energiya manbalari va yordamchi qurulmalardan iborat. Tarmoqdagi elementlar sonini —p" harfi bilan belgilashga kelishilgan.
Elektr zanjiri tuguni- uch yoki undan ortiq tarmoqlarning ulanish joyi. Bir juft tugunga ulangan barcha tarmoqlar parallel ulangan hisoblanadi. Tugunlar sonini “q" harfi bilan belgilashga kelishib olingan.
Kontur- bir nechta elektr tarmoqlarning iborat yopiq zanjir.
Mustaqil kontur-tarkibida hech bo’lmaganda bitta boshqa konturga taaluqli bo’lmagan tarmog’i bo’lgan kontur. Elektr sxemadagi mustaqil konturlar soni n=p-(q-1).
Elektr energiya manbalari va iste’molchilari
O’tkazgichlarda tokning shartli yunalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yunalishi qabul qilingan. Manbaning (generator, akkumulyator va h.k.) e.yu.k. tufayli uning qismlarida ma‘lum potensiallar farqi yuzaga keladi. Potensiali yuqori bo’lgan qismi —+1 ishora bilan, potensiali
past bo’lgan qisma II ishora bilan belgilanadi. Manbada elektr tokining yunalishi II dan —+llcha,
tashqi zanjirda esa —+l dan 1 qarab yunaladi.
Elektr energiya manbalariga galvanik elementlar, akkumulyatorlar, termoelementlar, generator va boshqa qurilmalar kiradi. Bu manbalar ximiyaviy, molekulyar kinetik, issiqlik, mexanik va boshqa tur energiyalarni elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladi.
Elektr energiya iste’molchilari deganda elektr energiyasini boshqa turi masalan: yorug’lik (lampalar) mexanik (dvigatel), issiqlik (pech) va h.k. energiyalarga aylantiruvchi qurilmalar tushuniladi.
Elektr zanjiri nazariyasida aktiv va passiv elementlar farqlanadi. Elektr energiyasi manbalari (tok va kuchlanish manbalri) aktiv element hisoblansa, qarshilik, induktiv va sig’im elementlari passiv element hisoblanadi.

Download 191.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling