Tok manbasi. Elektr energiya manbalarining boshqa bir modeli tok manbasi hisoblanadi. Tok manbasida yuklama qarshiligining kattaligi o’zgarganda uning toki doimiy bo’ladi. (1.4-rasm) Agar tok manbasining toki I = const bo’lsa, u vaqtda bunday manbaning quvvati Ri (yuklama quvvatiga teng) shu manba kuchlanishi U ga to’g’ri proporsional, bu vaqtda ularni nisbati
Bunday rejim (I = const), yuklama qarshiligi Ryuk dan ichki qarshilik Richki bir necha marta katta bo’lganda bo’lishi mumkin, u vaqtda Richki—>■ oo juda katta deb hisoblash mumkin.
Tok manbasini shartli belgilanishi 1.4-rasmda ko’rsatilgan. Ik harfi tok manbasining tokini ifodalash uchun ishlatiladi.
Ichki yo’qotishli elektr energiya manbalari. Elektr energiya ishlab chiqaruvchi manbalarda elektr energiyasining bir qismi manbalarni o’zida yo’qoladi.
EYUK manbasi ichida yo’qoladigan elektr energiyasi manba bilan ketma-ket ulangan Richki ichki qarshiligi orqali hisobga olinadi (1.5-rasm). Yuklama toki I bo’lganda manbaning kuchlanishi U, EYUK E dan ichki qarshilikdagi kuchlanish tushuvi qadar kichik bo’ladi
U=E -RI
Tok manbasida ichki energiya yuqotish, o’ziga parallel ulangan gchki o’tkazuvchanligi orqali hisobga olinadi (1.6-rasm). Tok manbasining a b qutblari ochiq bo’lganda yuklama toki I=0, tok manbasining toki Ik ichki o’tkazuvchanlik Gichki orqali tutashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |