10. TAQDIMOT MATERIALLARIN QOʻLLASH BOʻYICHA TAVSIYALAR
BMI ximoyasi muvaffaqiyatli oʻtishi ma’ruzachining oʻz fikrlarini aniq va ravshan, tushunarli va ravon ifoda etishi, tayyorlangan materiallarning sifati xamda ularni ishtirokchilarga yetkazib berish bilan belgilanadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarinnig auditoriyalarida tayyorlangan materiallarni taqdim etish uchun turli xil zamonaviy texnika jixozlari mavjudir. Ular:
videoproyektor;
radiomikrofonlar;
lazerli koʻrsatkich va boshqa zamonaviy jixozlardan iborat.
Muallifning tayyorgarlik darajasi hamda qobiliyati va taqdim etilayotgan materiallarga qarab zamonaviy texnik jixozlarning turli xil turlaridan foydalanish mumkin.
Talabaning BMI takdimoti 20 dakikadan oshmagan xolda elektron shakldagi materiallar bilan boyitilishi lozim. Elektron materiallar 12-15 slaydlardan oshmasligi kerak.
Slaydlar raqamlangan boʻlishi kerak. Bu esa taqdimotning yakunida ishtirok etuvchilarning savollar berishlarida slaydlarning raqami bilan bogʻlashlari uchun qulaylik yaratadi.
Boshlangʻich slayda mavzuning nomi, ilmiy raxbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi va lavozimi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi, xamda guruhi yozilishi kerak. Keyingi slaydlarda ishning dolzarbligi, ishning maqsad va vazifalari va boshqa materiallarni kiritish mumkin.
ИЛОВАЛАР
1-Ilova.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
Axborot texnologiyalari kafedrasi
Kompyuter injiniringi yo‘nalishi
“HIMOYAGA”
Kafedra mudiri v. v. b
________O.M.Ergashev
«____» __________ 2021 y.
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
mavzusida
Do'stlaringiz bilan baham: |