Kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafrdrasi bitiruv malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo
BMIGA TAQRIZ BERISH VA UNI HAMOYAGA TAYYORLASH
Download 243.22 Kb.
|
BMI uslubiy ko`rsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. MA’RUZANI TAYYORLASHDA KOʻRSATMALAR
8. BMIGA TAQRIZ BERISH VA UNI HAMOYAGA TAYYORLASHTugallangan BMI himoyaga qoʻyilishdan avval kafedraga taqriz qilinishi uchun taqdim etiladi. Taqrizdan soʻng talaba kamchiliklarni bartaraf etgan holda himoyaga tayyorgarlik koʻradi. Ilmiy rahbarning taqrizi ilova 6 (6A ilovasiga asosan) va 7 ilova (7A ilovasiga asosan) larda keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladi. Talaba taqrizni diqqat bilan oʻqib chiqishi va BMI tarkibi boʻyicha keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etishi kerak. Taqrizda quyidagilar koʻrsatiladi: ishning umumiy xarakteristikasi va uning ijobiy tomonlari; ishni mustaqil bajarilganlik darajasi; taxlilning yetishmasligi, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha va BMI ni ximoyaga tayyorlash boʻyicha aniq tavsiyalar berish. BMI taqrizida oldindan baho koʻrsatilishi mumkin. Asosiy baho himoyadan keyin qoʻyiladi. Agar ish ximoyaga qoʻyilmagan boʻlsa, taqrizga asosan unda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etib yana kafedraga taqdim etishi lozim. BMI ni bajarish paytida talabaning manfaatidan kelib chiqgan xolda uning mavzusini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. BMI ning matni adabiyotlardan koʻchirilgan, savollar aniq va ravshan ochib berilmagan, matnda xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa ish himoyaga qoʻyilmaydi. BMI ni ximoya qilish paytida talaba ishning matnini qay darajada bilishini koʻrsatishi, unda keltirilgan formula xamda grafiklarga izoh keltirishi, taqrizda keltirilgan savollarga javob berishi kerak. Agar talaba taqrizda keltirilgan kamchiliklarga javob bera olmasa, keltirilgan nazariy xamda amaliy xulosalarga tushuntirishlar bera olmasa BMI ni qayta himoya qilish bir yildan keyin amalga oshiriladi. 9. MA’RUZANI TAYYORLASHDA KOʻRSATMALARBMI yakunlovchi bosqichida unga ijobiy taqriz berilib ish ximoyaga tavsiya qilingandan soʻng talaba BMI ximoyasi uchun ish boʻyicha oʻz ma’ruzasiniga va berilishi mumkin boʻlgan savollarga tayyorgarlik koʻrishi lozim. Yaxshi tayyorlangan ma’ruza himoyaning ijobiy oʻtishining 50 % ni ta’minlaydi. Shuning uchun kafedra tomonidan talabalarga ma’ruzani tayyorlashdagi asosiy talablar yetkazilishi kerak. Ma’ruzada quyidagilar boʻlishi kerak: Mavzuning nomi; Uning dolzarbligi; Maqsad va vazifalari; Tadqiqot ob’yektining qisqacha tavsifi; Ishning qichqacha mazmuni, ishni bajarish davomida olingan asosiy natijalari; BMI da qoʻllanilgan metod va metodologiyalar; Xulosalar. Ma’ruzaning davomiyligi 10-15 minutdan oshmasligi lozim. Jadvallar, grafiklar, sxemalar, diagrammalar, plakat shaklida taqdim etilishi mumkin. Ma’ruzaning tarkibiy qismi: BMI mavzusining dolzarbligi, undagi masalalarning anikligi xamda ularning mavzuga alokadorligi; mavzusini ochib berishda xamda undagi masalalarni xal kilishda talabaning mustakil yondashuvi; mavzuni yoritishda foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy na- shrlar, normativ-xukukiy xujjatlar, statistik ma’lumotlar, taxlilining toʻliqligi va chuqurligi; talaba tomonidan yigʻilgan va shakllantirilgan birlamchi xamda ikkilamchi ma’lumotlarning xajmi va yangilik darajasi; talaba tomonidan tuplangan va shakllantirilgan ma’lumotlar asosida olingan natijalarning ishonchliligi; ishning xulosa qismida boʻlimlar boʻyicha qisqacha xulosalar keltirish kerak va olib borilgan tahlillar natijalarining amaliy axamiyati koʻrsatilishi kerak. BMI ximoyasi davomida talabaga berilishi mumkin boʻlgan savollar mavzuga taaluqli boʻlib, olib borilgan tadqiqotlar hamda ularning natijalariga bogʻliq boʻladi. Savollar soni ma’ruzaning mazmuni va sifatiga bogʻliq boʻladi. Komissiya a’zolariga talabaning bergan javoblari aniq va asosli boʻlishi kerak. Download 243.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling