Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
abdurahmanova-m.t.-nizomova-f.b.-ozlashma-sozlar-bazasini-yaratish-omillari
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Vol. 1 №. 01 (2022) http://compling.navoiy-uni.uz/ 460 5. Kulinariya va ichimlik nomlarini ifodalovchi so’zlar guruhi: viski, puding, kokteyl, servis, keks, rom, liver kabilar. 16. Savdo ishlari va pul birliklarining nomlarini ifodalovchi so‘zlar guruhi: menejer, menejment, investor, investisiya, bar, biznes, barmen, bankrot, sterling, monitoring, shilling, dollar, supermarket, eksport, marketing, barter, import kabilar. 17. Turli kasb va toifadagi kishilarni ifodalovchi so‘z va atamalar guruhi: jentlmen, fermer, reket, lider, reporter, kaskader kabilar. Bunday mavzuiy guruhlar sirasini yana davom ettirish mumkin. Eng muhimi, tilimiz lug‘aviy qatlamidan mustahkam o‘rin olayotgan ana shunday inglizcha, fransuzcha, italyancha, nemischa, ispancha o‘zlashma so‘zlarni to‘plash, ularning keyinchalik alohida-alohida, umumiy izohli lug‘atini yaratish, bunday o‘zlashmalarning imlosi, transliteratsiyasi muammolari bilan jiddiy shug‘ullanish hozirgi mustaqillik davri o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari qatoriga kiradi. Hozirgi vaqtda hayotimizni texnika - texnoligiya va ijtimoiy tarmoqlarsiz taassavur qila olmaymiz.Har qanday axborotni birinchi o‘rinda kompyuter va telefonda mavjud saytlardan, internet tarmoqlaridan izlashni boshlaymiz. Masalan: Ingliz tili yoki rus tilini o‘rganmoqchi bo‘lsagu bu ishni nimadan boshlashni bilmasak internet tarmog‘iga murojaat qilamiz. Bundan tashqari bugungi kunda butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham dasturlash texnologiyalari kundan kunga rivojlanib, bu sohada talay ishlar amalga oshirilmoqda. Bu taraqqiyotni biz til sohasida ham ko‘rishimiz mumkin. Ta’lim jarayoni kompyuterlashtirilar ekan, bevosita kompyuter tizimidagi ma’lumotlar bazasi, elektron lug‘atlar, kompyuter lug’atlari, avtomatik tarjima, avtomtik tahrir, til o’qitish dasturlariga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ehtiyojni qondirish kompyuter lingvistikasi sohasida izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida kompyuter lingvistikasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling