Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana08.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1178317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
abdurahmanova-m.t.-nizomova-f.b.-ozlashma-sozlar-bazasini-yaratish-omillari

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
462 
oid barcha ma’lumotlar bazasini kompyuter dasturlarida aks ettirib, o‘rganuvchilar 
va foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish va ularga o‘zbek tilining boy ma’lumotlarini 
aniq va tezkor yetkazib berishdan iborat. Bu ishni amalga oshiririshdan maqsad 
o‘zbek tilini o’rganuvchi chet el fuqarolari va foydalanuvchilariga, qolaversa, o‘sib 
ulg‘ayib kelayotgan avlodni o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarni qulay va oson o‘rganish 
imkonini yaratishdan iboratdir. Bu jarayonni quyidagi mavzu doirasida ko‘rib 
chiqishimiz mumkin. Yuqorida talay ma’lumotlar keltirib aytib o‘tganimizdek til 
boyligimizning katta qismini o‘zlashma so‘zlar tashkil qiladi. Biz uni ma’lum 
mavzulari doirasida bazasini yig‘ib Python dasturi yordamida elektron holatga 
keltirishimiz mumkin. Buning uchun dastur tushunadigan algoritm yaratishimizga 
to‘g‘ri keladi. Algoritm (bu so‘zning etimologiyasi buyuk alloma Al-Xorazmiy 
nomi bilan bog‘liq. Lotin tilida “ibtido” ma’nosidagi algoritmus so‘zi ham mavjud)-
ma’lum bir tipga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan jarayonlar tizimining 
muayyan tartibda bajarilishi aniq qoida yoki qoidalar tizimi. Algoritmni keng 
miqyosdagi vazifalarni hal etishga yo‘naltirish, algoritm nazariyasini 
mukammallashtirish ayniqsa, kompyuter texologiyalari, shuningdek, kompyuter 
lingvistikasi rivojlanayotgan davrda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bazaga mos 
algoritmni yaratish ko‘zlangan maqsadga erishishning katta poydevoridir. Python 
dasturida biz turli xil ro‘yhatlar, to‘plamlar, lug‘atlar va ularning elementlari bilan 
ishlashimiz mumkin. Print() Pythondagi maxsus funksiya bo‘lib, qavslar ichida 
berilgan matn yoki ifodalarni konsolga chiqarish vaifasini bajaruvchi funksiyadir. 
Dasturning if-else operatori yordamida esa o‘zlashma so‘zlar bazasini yaratishimiz 
mumkin. ‘‘If’’ so‘zi ingliz tilidan ‘‘agar’’ deb tarjima qilinadi va ma’lum bir shart 
qanoatlashtirilishiga qarab shu shartga bog‘langan kod ham bajariladi. ‘‘Else’’ so ‘zi 
ham ingliz tilidan ‘‘aks holda ’’deb tarjima qilinadi va if operatorida berilgan shart 
qanoatlantirilmasa, Else operatoridan keyingi kod bajariladi. Bu operatorning bizga 
yordami quyidagicha: Aytaylik men sanoat, qurilish va tipografiyaga oid so‘zlar 
guruhiga mansub ofset, kotej, vattman, trest, konsern, konveyer, veranda  



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling