Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI:
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2022)
http://compling.navoiy-uni.uz/
458
biz yuqoridagi sohalar doirasidagi o‘zlashma so‘zlar bazasini yaratdik uni o‘z
holicha ommaga ya’ni foydalanuvchiga topshirib bo‘lmaydi. Biz bu so‘zlarga ishlov
berib taqdim etsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ishni quyidagi reja asosida ko‘rib
chiqaylik.
O‘zlashma so‘zlar bazasini shakllantirishning bosqichlari:
1. O‘zlashma so‘zlar lug‘atini topish yoki darslik va adabiyotlardan to‘plash.
2. Lug‘atni alifbo tartibida joylashtirish.
3. Mavzularga yoki sohalarga ko‘ra ajratib chiqish.
4. Python dasturida kerakli algoritmni yaratish va o‘zlashma so‘zlarni unga
kiritishdan iborat.
Biz o‘zlashma so‘zlarni quyidagicha mavzular doirasida guruhlashimiz ham
mumkin.
O‘qish-o‘qitish, maktab-maorif bilan bog‘liq inglizcha o‘zlashgan so‘zlar guruhi:
test, reyting, monitoring, standart, flomaster, kollej kabilar.
2. Tibbiyot va veterinariyaga oid so‘zlar guruhi: blokada, vilt, gaymorit,
brusellez, vegetarian kabilar.
3. Dengizchilik, kema va paroxodga oid so‘zlar guruhi: yaxta, kater,tanker,
trauler, tramp, bosman kabilar
4. Transportga oid so‘z va iboralar guruhi: karter, bufer, nipel, aerobus, layner va
boshqalar.
5. Sanoat, qurilish va tipografiyaga oid so‘zlar guruhi: ofset, kotej, vattman, trest,
konsern, konveyer, veranda kabilar.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
Do'stlaringiz bilan baham: |