Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI:
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2022)
http://compling.navoiy-uni.uz/
463
so’zlarning leksik ma’nosini ya’ni borliqdagi tushunchasini bilmayman. Ayni shu
masalani biz ko‘plab aholi va yoshlar orasida ko‘rishimiz mumkin. Biz Python
dasturida mavjud yuqoridagi operatorda ishlab chiqilgan o‘zlashma so‘zlar bazasiga
elektron lug’atlar so’zini kiritganimizda u bizga
odatdagi lug’atlar asosida
leksikografiya sohasiga kompyuter texnologiyalarining tatbiq etilishi natijasida
yaratilgan , multimedia vositalari bilan boyitilgan dastur degan izohini qaytaradi.
Yana yuqoridagi so‘zlardan
konveyer so‘zini kiritaylik men bu so‘zning borliqdagi
ma’nosini bilmaganim va qaysi sohada qo‘llanishini bilmaganim uchun tanladim,
dastur esa menga uning ma’nosini quyidagicha chiqarib beradi:
Yuk tashish,
mashinani butlab yig‘ish, yoki ishlanayotgan narsalarni bir ish joyidan ikkinchi ish
joyiga ketma-ket uzluksiz yetkazib berish uchun to‘xtovsiz yoki davriy ravishda
aylanib ishlab turadigan lentasimon
maxsus transport qurilmasi; transportyor. Bu
dastur va izoh orqali men bu so‘z haqida tushunchaga ega bo‘ldim va bu so‘z
transport sohasiga tegishli ekanligini anglab yettim. Aytaylik siz kiritgan so‘z
bazada mavjud emas bu holatda dastur bizga ishlab chiqqan algoritmimizga muvofiq
‘‘Bu so‘z bazada mavjud emas‘‘ degan ma’lumotni sizga havola qiladi. Bu operator
Python dasturida shart operatori deb nomlanadi. Dasturning bu xususiyatidan
o‘zlashma so‘zlarning izohini bilib olishimiz va uni
nazariy va amaliy jihatdan
to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganish katta ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Python dasturidagi ko‘plab opertorlar
yordamida tilimizda mavjud bo‘lgan, o‘zlashma so‘zlarni
bazaga kiritib, uning
borliqdagi tushunchasini tez va oson bilib olishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Z. Xolmonova . Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent. 2019.
2.Z. Xolmonova. Kompyuter lingvistikasi. Toshkent. 2020.
3.A. Nazrullayev. Python dasturlash asoslari. Toshkent. 2020.