"kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar"


O‘zbekcha va ruscha otlarga xos grammatik kategoriyalar


Download 50.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.29 Kb.
#1572780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
toxliyeva-m.s.-ozbek-va-rus-tillaridagi-ot-soz-turkumiga-xos-grammatik-shakllarning-qiyosiy-tipologiyasi

O‘zbekcha va ruscha otlarga xos grammatik kategoriyalar Har ikki tilda 
ham otlar predmetning yoki predmetlik tushunchalarining nomlarini bildiradigan 
mustaqil so‘zlar hisoblanadi. O‘zbek tilida ham, rus tilida ham otlar kelishik va son 
kategoriyalariga ega. Biroq ushbu kategoriyalarning ifodalanish usullari o‘rtasida 


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
317 
ma‘lum tafovutlar bor. Masalan, o‘zbek tilida otlarning ko‘plik shaklini hosil qilish 
uchun birgina –lar qo‘shimchasini qo‘llash kifoya, rus tilida esa ot turkumiga 
mansub biror so‘zning ko‘plik shaklini hosil qilish uchun so‘z o‘zaklarining oxiri 
qattiq yoki yumshoqligiga qarab bir necha affikslardan birini tanlash kerak, bu fikrni 
avvalgi bo‘limlarda ham maxsus misollar bilan bayon qilgan edik. Otlarda son 
kategoriyasi xususida so‘z yuritilar ekan, shuni ham ta‘kidlash lozimki, ayrim ruscha 
otlarning (мас., молоко, хлoпок, мясо, любовь, храбрость) ko‘plik shaklini 
mutlaqo hosil qilib bo‘lmaydi, ba‘zi otlar esa (часы, брюки, ворота, ножницы, 
Сочи, Альпы) faqat ko‘plikda qo‘llanadi va birlik shakliga ega emas. To`g‘ri, o‘zbek 
tilida ham faqat birlikda qo‘llanadigan mavhum otlar yoki suv, g‘alla, xalq, to‘da 
kabi so‘zlar bor, ammo o‘rni kelganda bunday so‘zlarga ham turli ma‘no 
bo‘yoqlarini hosil qilish maqsadida, ko‘plik qo‘shimchasini qo‘sha olamiz. Bundan 
tashqari, o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan egalik kategoriyasiga rus tilidagi otlar ega 
emas, shuningdek, ruscha otlarga mansub bo‘lgan rod kategoriyasi o‘zbek tilida 
yo‘q. Rus tilida egalik, ya‘ni tegishlilik, qarashlilik ma‘nolarini hosil qilish uchun 
otlar egalik olmoshlari bilan birga qo‘llanadi: мой стул, моя книга, моё пальто
Rod kategoriyasi esa rus tilida birlikdagi otlarning eng muhim morfologik belgisi 
hisoblanadi. Bu belgi hatto bosh kelishikdagi so‘zlarda ham aks etib turadi, uni hosil 
qiluvchi yagona grammatik ko`rsatkich bu tugalmadir: Bosh kelishikda, birlikda –а, 
-я tugalmalariga ega bo‘lgan otlar jenskiy rodga kiradi (мама, сумка, земля, 
цапля); Bosh kelishikda, birlikda undosh bilan tugagan, ya‘ni nol tugalmali so‘zlar 
mujskoy rodga kiradi (стол, диван, герой, отец, дед, брат, друг); Bosh 
kelishikda, birlikda oxiri –o yoki –e (ё) bilan tugagan otlar (слово, окно, море, 
платье, ружьё) sredniy rodga kiradi. Ammo bu belgilarni qat‘iy deb hisoblab 
bo‘lmaydi. Chunki ruscha so‘zlarni rodlar bo‘yicha guruhlashda ma‘lum istisnolar 
ham yo‘q emas. Masalan, oxiri yumshoq undosh bilan tugagan so‘zlarning ba‘zilari 
mujskoy rodga (портфель, конь, дождь, пень, день), ayrimlari esa jenskiy rodga 
(голубь, ночь, сталь, лошадь) kiritiladi. Oxiri –мя bilan tugaydigan o‘nta so‘z 



Download 50.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling