"kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar"


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent


Download 50.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.29 Kb.
#1572780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
toxliyeva-m.s.-ozbek-va-rus-tillaridagi-ot-soz-turkumiga-xos-grammatik-shakllarning-qiyosiy-tipologiyasi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
319 
Родительный падеж: кого? чего? - Qaratqich kelishigi: kimning? nimaning? 
qaerning? 
Дательный падеж: кому? чему? - Jo‘nalish kelishigi: kimga? nimaga? qaerga? 
Винительный падеж: кого? что? Tushum kelishigi: kimni? nimani? qaerni? 
Demak, o‘zbek tilidagi bosh, qaratqich, tushum va jo‘nalish kelishiklari rus 
tilidagi imenitelniy, roditelniy, vinitelniy va datelniy kelishiklariga mos keladi. 
Biroq rus tilida qaer so`rog‘iga javob bo‘luvchi otlar o‘zbek tilidagi kabi kelishiklar 
bo‘yicha turlanmaydi. Rus tilidagi tvoritelniy hamda predlojniy padejlari o‘zbek 
tilida, o‘zbek tilidagi o‘rin-payt va chiqish kelishiklari rus tilida mavjud emas. 
Morfologik hodisa sifatida otlarning turlanishi, ya‘ni kelishiklar bo‘yicha o‘zgarishi 
ham o‘zbek va rus tillarida turlichadir. O‘zbek tilida ot yoki otlashgan so‘zlar 
birlikda ham, ko‘plikda ham ma‘lum kelishiklar bo‘yicha aniq va barqaror 
qo‘shimchalar yordamida turlanadi. Masalan, qarashlilik ma‘nosi har doim –ning 
qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi. Rus tilida esa bunday ma‘noni hosil qilish 
uchun -и (книги, сумки), -a (стола, озера), -я (коня, хрусталя) affikslaridan 
foydalaniladi. Bundan tashqari, o‘zbek tilida ma‘lum kelishik qo‘shimchalari 
birlikdagi otlarga ham, ko‘plikdagi otlarga ham qo‘shilaveradi, faqat –lar 
qo‘shimchasi kelishik qo‘shimchalaridan oldin keladi. 
Yuqoridagilarga asoslanib, umumiy xulosalar chiqaradigan bo‘lsak, rus 
tilidagi kelishiklarning muhim atributlaridan biri bu predlog bo‘lib, roditelniy, 
datelniy, vinitelniy padejlarda otlar predlogli ham, predlogsiz ham, predlojniy 
padejda esa hamisha predlog bilan qo‘llanadi. Faqat imeniteniy padejdagi otlar 
bundan mustasno. Ko‘rib o‘tganimizdek, kelishik kategoriyasi grammatik tuzumi 
jihatidan ham, boshqa 21 xususiyatlariga ko‘ra ham o‘zbek va rus tillarida anchagina 
farqlarga ega, shuning uchun bu grammatik kategoriyani ikki til doirasida qiyosiy 
tahlil qilish uchun tilshunos bu tillarni yaxshi o‘zlashtirishi lozim. 



Download 50.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling