"kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar"


Download 50.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.29 Kb.
#1572780
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
toxliyeva-m.s.-ozbek-va-rus-tillaridagi-ot-soz-turkumiga-xos-grammatik-shakllarning-qiyosiy-tipologiyasi



Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
315 
O‘ZBEK VA RUS TILLARIDAGI OT SO‘Z TURKUMIGA XOS 
GRAMMATIK SHAKLLARNING QIYOSIY TIPOLOGIYASI 
To‘xliyeva Madina Soatmurot qizi, 
klioarmada@mail.ru
 
Termiz davlat universiteti magistranti 
Annotatsiya. Maqolada o`zbek tilidagi va rus tilidagi grammatik 
kategoriyalar, jumladan, kelishiklar qiyosiy solishtirildi. Ikki til o`rtasidagi o`xshash 
va farqli jihatlar kelishiklar misolida ochib berildi.
Kalit so‘zlar: O‘zbek tili, rus tili, kelishik, qiyos, tipologiya 
Annotation. The article compares the grammatical categories in Uzbek and 
Russian, including agreements. The similarities and differences between the two 
languages are revealed in the example of agreements. 
Keywords: Uzbek, Russian, agreement, comparison, typology 
Dipnot. Makale, anlaşmalar da dahil olmak üzere Özbekçe ve Rusça dilbilgisi 
kategorilerini karşılaştırmaktadır. İki dil arasındaki benzerlikler ve farklılıklar 
anlaşma örneğinde ortaya konmuştur. 
Anahtar Kelimeler: Özbekçe, Rusça, anlaşma, karşılaştırma, tipoloji 
Har bir tilda so‘zlar ma‘lum belgi va xususiyatlariga ko‘ra ayrim guruhlarga, 
ya‘ni turkumlarga ajratiladi. o‘zbek tilida so‘zlarni turkumlar bo‘yicha tasniflash rus 
tilidagiga nisbatan qiyinroq, chunki turli turkumlarga mansub bo‘lgan o‘zbekcha 
so‘zlar rus tilidagi kabi maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega emas. Rus tilidagi 
sifatlar –ий, -ый, -ая, -яя,-oe, -ee; ravishlar –o, -e, fe‘llar -ать, -ять, - ить, -ться kabi 
maxsus tugalmalarga ega, binobarin so‘z o‘zaklari ana shu qo‘shimchalarsiz 
qo‘llanmaydi. O‘zbek tilidagi so‘zlarni dastlabki shakklaridanoq qaysi turkumga 
mansub ekanligini aniqlash, shuningdek, mustaqil holda qo‘llash mumkin. Masalan, 
ot, oq, ol, oz, oh kabi bir xil konstruksiyadan iborat bo‘lgan so‘zlar ularning 
ma‘nosiga qarab ot, sifat, fe‘l, ravish, undov kabi ma‘lum turkumga kiritiladi. 
Shuning uchun ayrim manbalarda rus tilidagi so‘zlar lug‘aviy-semantik 
xususiyatlari, morfologik belgilari va sintaktik vazifalariga ko‘ra turkumlarga 
ajratilsa, o‘zbekcha so‘zlarni turkumlarga ajratishda, asosan, ularning semantik va 



Download 50.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling