"kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar"


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent


Download 50.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi50.29 Kb.
#1572780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
toxliyeva-m.s.-ozbek-va-rus-tillaridagi-ot-soz-turkumiga-xos-grammatik-shakllarning-qiyosiy-tipologiyasi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
316 
sintaktik belgilari ko‘zda tutiladi, degan fikrlarni uchratish mumkin. Biroq o‘zbek 
tilida yasama so‘zlarni tasniflashda ularning nafaqat semantik, balki morfologik 
belgilari ham muhimdir. Masalan, -chi, -kash, -dosh, -zor kabi qo‘shimchalarni 
olgan so‘zlarni ot turkumiga, -li, -siz qo‘shimchali so‘zlarni sifat turkumiga yoki 
tarkibida –la qo‘shimchasi bor bo‘lgan so‘zlarni fe`l turkumiga kiritishda ana shu 
qo‘shimchalarning mavjudligi ham e`tibordan chetda qolmaydi. 
O‘zbek tilida otlar ma‘lum grammatik vositalarni olmasdan ham gapda biror 
sintaktik vazifa bajara oladi Masalan: Tosh betondan qattiq (ega); Rustam Anvarga 
tosh otdi (to‘ldiruvchi); Arava tosh ko‘chadan shaqirlab borardi (aniqlovchi). Rus 
tilida bosh kelishikdagi, ya‘ni har qanday grammatik vositadan holi bo‘lgan otlar 
gapda ega, sifat morfologik ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan so‘zlar aniqlovchi, ravish 
ko‘rsatkichli so‘zlar hol, ma‘lum shakl hosil qilgan fe‘llar kesim bo‘lib kelishi aniq. 
Demak, sintaktik vazifa nuqtai nazaridan o‘zbekcha so‘zlar mustaqil va yordamchi 
so‘zlarga ajraladi holos. O‘zbek va rus tillarida so‘zlar quyidagicha tasniflanadi: 
O‘zbek va rus tillaridagi so‘z turkumlarining eng asosiy farqlarini quyidagilar 
bilan belgilash mumkin: a) o‘zbek tilida taqlid so‘zlar ma‘lum grammatik belgilari 
asosida 18 mustaqil so‘zlar qatoriga kiritiladi, rus tilida esa mimemalar nihoyatda 
kam uchraydi va alohida so‘zlar turkumidan joy oladi; b) o‘zbek tilida old ko‘makchi 
(predlog)lar, rus tilida esa ort ko‘makchi (poslelog) lar mavjud emas. v) o‘zbek tilida 
alohida olingan so‘zlar yoki so‘z-gaplar ham mustaqil va yordamchi so‘zlar kabi 
ma‘noviy, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratiladi, rus 
tilida bunday so‘zlarning barchasi modal so‘zlar hisoblanadi. 

Download 50.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling