"kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar"
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
Download 50.29 Kb. Pdf ko'rish
|
toxliyeva-m.s.-ozbek-va-rus-tillaridagi-ot-soz-turkumiga-xos-grammatik-shakllarning-qiyosiy-tipologiyasi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Vol. 1 №. 01 (2022) http://compling.navoiy-uni.uz/ 319 Родительный падеж: кого? чего? - Qaratqich kelishigi: kimning? nimaning? qaerning? Дательный падеж: кому? чему? - Jo‘nalish kelishigi: kimga? nimaga? qaerga? Винительный падеж: кого? что? Tushum kelishigi: kimni? nimani? qaerni? Demak, o‘zbek tilidagi bosh, qaratqich, tushum va jo‘nalish kelishiklari rus tilidagi imenitelniy, roditelniy, vinitelniy va datelniy kelishiklariga mos keladi. Biroq rus tilida qaer so`rog‘iga javob bo‘luvchi otlar o‘zbek tilidagi kabi kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi. Rus tilidagi tvoritelniy hamda predlojniy padejlari o‘zbek tilida, o‘zbek tilidagi o‘rin-payt va chiqish kelishiklari rus tilida mavjud emas. Morfologik hodisa sifatida otlarning turlanishi, ya‘ni kelishiklar bo‘yicha o‘zgarishi ham o‘zbek va rus tillarida turlichadir. O‘zbek tilida ot yoki otlashgan so‘zlar birlikda ham, ko‘plikda ham ma‘lum kelishiklar bo‘yicha aniq va barqaror qo‘shimchalar yordamida turlanadi. Masalan, qarashlilik ma‘nosi har doim –ning qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi. Rus tilida esa bunday ma‘noni hosil qilish uchun -и (книги, сумки), -a (стола, озера), -я (коня, хрусталя) affikslaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, o‘zbek tilida ma‘lum kelishik qo‘shimchalari birlikdagi otlarga ham, ko‘plikdagi otlarga ham qo‘shilaveradi, faqat –lar qo‘shimchasi kelishik qo‘shimchalaridan oldin keladi. Yuqoridagilarga asoslanib, umumiy xulosalar chiqaradigan bo‘lsak, rus tilidagi kelishiklarning muhim atributlaridan biri bu predlog bo‘lib, roditelniy, datelniy, vinitelniy padejlarda otlar predlogli ham, predlogsiz ham, predlojniy padejda esa hamisha predlog bilan qo‘llanadi. Faqat imeniteniy padejdagi otlar bundan mustasno. Ko‘rib o‘tganimizdek, kelishik kategoriyasi grammatik tuzumi jihatidan ham, boshqa 21 xususiyatlariga ko‘ra ham o‘zbek va rus tillarida anchagina farqlarga ega, shuning uchun bu grammatik kategoriyani ikki til doirasida qiyosiy tahlil qilish uchun tilshunos bu tillarni yaxshi o‘zlashtirishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling