Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI:
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2022)
http://compling.navoiy-uni.uz/
317
ma‘lum tafovutlar bor. Masalan, o‘zbek tilida otlarning ko‘plik shaklini hosil qilish
uchun birgina –lar qo‘shimchasini qo‘llash kifoya,
rus tilida esa ot turkumiga
mansub biror so‘zning ko‘plik shaklini hosil qilish uchun so‘z o‘zaklarining oxiri
qattiq yoki yumshoqligiga qarab bir necha affikslardan birini tanlash kerak, bu fikrni
avvalgi bo‘limlarda ham maxsus misollar bilan bayon qilgan edik. Otlarda son
kategoriyasi xususida so‘z yuritilar ekan, shuni ham ta‘kidlash lozimki, ayrim ruscha
otlarning
(мас., молоко, хлoпок, мясо, любовь, храбрость) ko‘plik
shaklini
mutlaqo hosil qilib bo‘lmaydi, ba‘zi otlar esa (
часы, брюки, ворота, ножницы,
Сочи, Альпы) faqat ko‘plikda qo‘llanadi va birlik shakliga ega emas. To`g‘ri, o‘zbek
tilida ham faqat birlikda qo‘llanadigan mavhum otlar yoki suv, g‘alla, xalq, to‘da
kabi so‘zlar bor, ammo o‘rni kelganda bunday so‘zlarga ham turli ma‘no
bo‘yoqlarini hosil qilish maqsadida, ko‘plik qo‘shimchasini qo‘sha olamiz. Bundan
tashqari, o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan egalik kategoriyasiga
rus tilidagi otlar ega
emas, shuningdek, ruscha otlarga mansub bo‘lgan rod kategoriyasi o‘zbek
tilida
yo‘q. Rus tilida egalik, ya‘ni tegishlilik, qarashlilik ma‘nolarini hosil qilish uchun
otlar egalik olmoshlari bilan birga qo‘llanadi:
мой стул, моя книга, моё пальто.
Rod kategoriyasi esa rus tilida birlikdagi otlarning eng muhim morfologik belgisi
hisoblanadi. Bu belgi hatto bosh kelishikdagi so‘zlarda ham aks etib turadi, uni hosil
qiluvchi yagona grammatik ko`rsatkich bu tugalmadir: Bosh kelishikda, birlikda –а,
-я tugalmalariga ega bo‘lgan
otlar jenskiy rodga kiradi (мама, сумка, земля,
цапля); Bosh kelishikda, birlikda undosh bilan tugagan, ya‘ni nol tugalmali so‘zlar
mujskoy rodga kiradi
(стол, диван, герой, отец, дед, брат, друг); Bosh
kelishikda, birlikda oxiri –o yoki –e (ё)
bilan tugagan otlar (слово, окно, море,
платье, ружьё) sredniy rodga kiradi. Ammo bu belgilarni qat‘iy deb hisoblab
bo‘lmaydi. Chunki ruscha so‘zlarni rodlar bo‘yicha guruhlashda ma‘lum istisnolar
ham yo‘q emas. Masalan, oxiri yumshoq undosh bilan tugagan so‘zlarning ba‘zilari
mujskoy rodga
(портфель, конь, дождь, пень, день), ayrimlari esa jenskiy rodga
(голубь, ночь, сталь, лошадь) kiritiladi. Oxiri –мя bilan tugaydigan o‘nta so‘z